• Kuchlar tasirida tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holati jismning muvozanat holati deyiladi.
  • 3.5.Tebranishlar va to’lqinlar bobida:Tebranma harakatda energiyaning aylanishi.
  • 3.6.Termodinamika asoslari bobida: O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari .
  • Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish. Jismning muvozanat sharti




    Download 1,44 Mb.
    bet34/41
    Sana09.05.2021
    Hajmi1,44 Mb.
    #14448
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
    Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish. Jismning muvozanat sharti.Fizikaning jism yoki jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o’rganadigan bo’limi statika deyiladi. «Statika» so’zi yunoncha „status" — qo’zg’almas degan ma'noni anglatadi.

    Kuchlar ta'sirida tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holati jismning muvozanat holati deyiladi.

    Ma’lumki, jismga ta'sir etadigan kuch yoki kuchlar sistemasi Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq unga ma’lum tezlanish beradi. Qachon bu kuchlar jismga tezlanish bera olmaydi? Bu kuchlarning yig’indisi nolga teng bo’lsagina, jismlar o’zlarining to’g’ri chiziqli tekis il-garilanma harakatini yoki tinch holatini saqlaydi.



    Aylanma harakat qilmaydigan jism unga qo 'yilgan kuchlarning geometrik yig 'indisi nolga teng bo 'lgandagina muvozanat holatda bo’ladi.
    3.5.Tebranishlar va to’lqinlar bobida:Tebranma harakatda energiyaning aylanishi.

    Prujinali mayatnik yoki matematik mayatnik kabi tebranma harakatda ishtirok etadigan sistemalarda doimo energiya mavjuddir. Bu energiya mexanik energiya ko’rinishida bo’lib, u potensial va ki­netik energiyalardan iborat bo’ladi. Xususan, prujinali mayatnikda prujinaning deformatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan potensial energiya



    ko’rinishda bo’lsa, yukning harakat tezligi bilan bog’liq bo’lgan ki­netik energiya esa



    ko’rinishda bo’ladi. Harakat davomida potensial energiya va kinetik energiya qiymatlari muttasil o’zgarib turadi. Masalan, prujina mu­vozanat vaziyatidan o’tayotganda uning kinetik energiyasi maksimal qiymatga erishadi. Aksincha, prujinaga osilgan yuk eng pastki va eng yuqori vaziyatlardan o’tayotganda potensial energiya maksimal qiymatni olib muvozanat vaziyatda esa u minimal, ya’ni nolga teng bo’ladi. Masalan, potensial energiya qiymati



    ifoda yordamida aniqlanishi sababli muvozanat vaziyatda siljish qiymati nolga tengligidan potensial energiya ham nolga teng qiymatda bo’ladi.

    Aksincha, eng katta siljish nuqtalarida tezlik o’z yo’nalishini o’zgartirish va bu o’zgartirishda uning qiymati, tabiiy, nolga teng bo’lganligi sababli, kinetik energiya qiymati ham nolga tengdir. Oraliq nuqtalarda esa ham kinetik ham potensial energiyalar noldan farqli qiymatga ega bo’ladi.

    Bu vaziyatlarda ularning qiymatlari



    ifodalar yordamida aniqlanadi. Bu ifodalardan potensial hamda kinetik energiya ifodalarining maksimal qiymati


    tengligini ko’rish mumkin.

    O’z navbatida sistemaning to’la energiyasi, shu jumladan pruji­nali mayatnik uchun

    ko’rinishga ega. Bu esa potensial energiya yoki kinetik energiya qiymatlarining maksimal ifodasi bilan mos keladi.

    Demak, garmonik tebranma harakatda to’la mexanik energiya o’zgarmasdan soladi. U goh potensial, goh esa kinetik energiya ko’ri­nishida ifodalanadi. Harakatning chegaraviy nuqtalarida u poten­sial energiyaga aylanadi, muvozanat vaziyatda esa kinetik energiya sifatida namoyon bo’ladi.

    3.6.Termodinamika asoslari bobida: O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari.

    Issiqlikka bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun kichik individual qozonxonalarni qurish iqtisodiy qulay emas, chunki bunday qozonxonalarni FIK katta issiqlik stansiyasidan kam va zamonaviy talablarga javob bera olmaydi. Bunday sharoitlarda issiqlik stansiyalardagi bug‘ generatorlaridan olingan elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molchilarni issiqlashtirish uchun qo‘llash tabiiy.Bunday vazifalarni bajaruvchi elektr stansiyalar issiqlik elektr stansiyalari yoki IES deyiladi.




    Download 1,44 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




    Download 1,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish. Jismning muvozanat sharti

    Download 1,44 Mb.