d)do-while такрорлаш оператори
do-while takrorlash operatori while operatoridan farqli ravishda oldin operator yoki blokni bajaradi, keyin takrorlash shartini tekshiradi. Bu qurilma takrorlash tanasini kamida bir marta bajarilishini ta’minlaydi. do-while takrorlash operatori quyidagi sintaksisga ega:
do
;
while ();
Bunday takrorlash operatorining keng qo‘llaniladigan holatlari - bu takrorlashni boshlamasdan turib, takrorlash shartini tekshirishning iloji bo‘lmagan holatlar hisoblanadi. Masalan, birorta jarayonni davom ettirish yoki to‘xtatish haqidagi so‘rovga javob olish va uni tekshirish zarur bo‘lsin. Ko‘rinib turibdiki, jarayonni boshlamasdan oldin bu so‘rovni berishning ma’nosi yo‘q. Hech bo‘lmaganda takrorlash jarayonining bitta qadami amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Misol: #include
using namespace std;
int main()
{
char javob;
do
{
cout << "dastur tanasi\n";
cout << "Jarayonni to’xtatish (N): ";
cin >> javob;
}
while (javob != 'N');
return 0;
}
Dastur toki “Jarayonni to’xtatish (N):” so‘roviga 'N' belgisi (javobi) kiritilmaguncha davom etadi.
|