1.2. Ma’ruza , amaliy mashg’ulot, mustaqil ishlarni tashkil etilishi.
Ma’ruza. Takrorlash operatorlari. Boshqaruvni uzatish operatorlari
Reja:
a) Takrorlanuvchi jarayonlar
b) for takrorlash operatori
c) while takrorlash operatori
d) do-while takrorlash operatori
Tayanch iboralar: include, cout, cin, if, for, while, do-while, break, O‘zgaruvchi, Identifikator, else, Cheksiz takrorlash,
Takrorlanuvchi jarayonlar
Beshta sonning o‘rta arifmetigi topish masalasi ko‘rilsin. Buning uchun quyidagi dastur kodi qismidan foydalanish mumkin:
cin >> num1 >> num2 >> num3 >> num4 >> num5;
sum = num1 + num2 + num3 + num4 + num5;
average = sum / 5;
Quyidagi savol tug‘ilishi tabiiy: sonlar miqdori ko‘p bo‘lsa nima qilish kerak? O‘zgaruvchilar soni ko‘payib ketadi. Ammo bitta o‘zgaruvchi bilan ham ushbu misolni yechish mumkin. Buning uchun quyidagi dastur kodi qismidan foydalanish mumkin:
1. sum = 0;
2. cin >> num;
3. sum = sum + num;
Birinchi ifodada sum o‘zgaruvchisiga boshlang‘ich qiymat yuklanadi. Ikkinchi ifodada num o‘zgaruvchisiga ekran orqali qiymat kiritiladi. Uchinchi ifodada esa sum o‘zgaruvchisiga num o‘zgaruvchisining qiymati qo‘shiladi.
num = 5
sum = sum + num = 0 + 5 = 5
num = 3
sum = sum + num = 5 + 3 = 8 va xokazo...
Agar o‘rta arifmetigi topilishi kerak bo‘lgan sonlar miqdori ko‘p bo‘lsa dastur kodi ko‘p bo‘lib ketadi. Ikkinchi va uchinchi ifodani barcha sonlar uchun takroran yozish kerak bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda takrorlash operatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Takrorlash operatori “takrorlash sharti” deb nomlanuvchi ifodaning rost qiymatida dasturning ma’lum bir qismidagi operatorlarni (takrorlash tanasini) ko‘p marta takror ravishda bajaradi (iterativ jarayon). Takrorlash o‘zining kirish va chiqish nuqtalariga ega, lekin chiqish nuqtasining bo‘lmasligi mumkin. Bu holda takrorlashga cheksiz takrorlash deyiladi. Cheksiz takrorlash uchun takrorlashni davom ettirish sharti doimo rost bo‘ladi. Takrorlash shartini tekshirish takrorlash tanasidagi operatorlarni bajarishdan oldin tekshirilishi mumkin (for, while takrorlashlari) yoki takrorlash tanasidagi operatorlari bir marta bajarilgandan keyin tekshirilishi mumkin (do-while).
b) for takrorlash operatori
for takrorlash operatorining sintaksisi quyidagi ko‘rinishga ega:
for (; ; )
;
Bu operator o‘z ishini ifodasini bajarishdan boshlaydi. Keyin takrorlash qadamlari boshlanadi. Har bir qadamda bajariladi, agar natija 0 qiymatidan farqli yoki true bo‘lsa, takrorlash tanasi - bajariladi va oxirida bajariladi. Agar qiymati 0 (false) bo‘lsa, takrorlash jarayoni to‘xtaydi va boshqaruv takrorlash operatoridan keyingi operatorga o‘tadi. Shuni qayd qilish kerakki, ifodasi vergul bilan ajratilgan bir nechta ifodalar birlashmasidan iborat bo‘lishi mumkin, bu holda oxirgi ifoda qiymati takrorlash sharti hisoblanadi. Takrorlash tanasi sifatida bitta operator, jumladan bo‘sh operator bo‘lishi yoki operatorlar bloki kelishi mumkin.
Misol uchun 10 dan 20 gacha bo‘lgan butun sonlar yig‘indisini hisoblash masalasini ko‘raylik.
#include
using namespace std;
int main()
{
int Summa = 0;
for (int i = 10; i <= 20; i++)
Summa += i;
cout << "Yig'indi=" << Summa;
return 0;
}
|