Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishidan maqsad dasturlash bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash va turli toifadagi masalalarni yechishga qo‘llashdan iborat. Amaliy mashg‘ulotlarni bir qismi auditoriyada doskada yechilishi bilan o‘tkazilsa, uning katta qismi bevosita kompyuterda amalga oshirilishi kerak.
Amaliy mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Sanoq sistemalari. Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o‘tish.
2. Berilganlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi. Kodlash.
3. Masalani yechish algoritmini tuzish va uning ko‘rinishlari.
4. Butun sonli arifmetika masalalari.
5. Ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar, iteratsion jarayonlar.
6. Ketma-ketliklarni tartiblash, oddiy saralash masalalari.
7. C++ tili sintaksisi. C++ tilida dastur tuzilishi.
8. Visual C++ muhitida ishlash.
9. Berilganlar turlari bilan ishlash.
10. O‘zgaruvchilar, amallar, ifodalar bilan ishlash.
11. O‘qish-yozish oqimlarida (cin, cout) kiritish-chiqarish usullaridan foydalanish.
12. Shart operatorlari bilan ishlash.
13. Takrorlash operatorlari bilan ishlash.
14. Boshqaruvni uzatish operatorlari bilan ishlash.
15. Statik massivlar bilan ishlash.
16. Funksiyalarni e’loni va aniqlash. Oddiy funksiyalar tuzish.
17. Funksiya parametrlari va qaytaruvchi qiymatlari bilan ishlash. Funsiyalarni qayta yuklash.
18. Dasturda lokal va global o‘zgaruvchilardan foydalanish.
19. Rekursiv funksiyalar bilan ishlash.
20. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan berilganlar turlari bilan ishlash.
21. Dasturda nomlar fazosidan foydalanish.
22. Standart kutubxona funksiyalaridan foydalanish.
23. Ko‘rsatkichlar bilan ishlash.
24. Adres olish amali bilan ishlash.
25. Dinamik massivlar bilan ishlash.
26. ASCIIZ catrlar va ular ustida amallar.
27. string turidagi catrlar va ular ustida amallar.
28. Tuzilmalar bilan ishlash. Birlashmalar bilan ishlash.
29. Preprotsessor direktivalaridan foydalanish.
30. Makroslar bilan ishlash.
31. Standart oqimlar bilan ishlash.
32. Dasturda berilganlarni formatlash. Oqimlar bilan ishlash.
33. O‘qish - yozish funksiyalaridan foydalanish.
34. Matn fayllar va ular ustida amallar.
35. Binar fayllar va ular ustida amallar.
36. Formatli o‘qish va yozish funksiyalari.
37. Fayldan o‘qish-yozish funksiyalari.
38. Fayl ko‘rsatkichini boshqarish funksiyalari.
39. Fayl strukturalar bilan ishlash, saralash va qidirish algoritmlari, ifodalarini hisoblash.
40. Dinamik tuzilmalar bilan ishlash.
41. Berilganlarning dinamik tuzilmalari: chiziqli ro‘yxatlar, steklar, navbatlar va binar daraxtlar.
Izoh: amaliy mashg‘ulot soatlari hajmlaridan kelib chiqqan holda ishchi dasturda mazkur mavzular ichidan amaliy mashg‘ulot mavzulari shakllantiriladi.
|