Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Mazkur dasturga ko‘ra ushbu fan doirasida ko‘plab model masalalar o‘rganiladiki, bu mazkur fanni chuqur o‘rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko‘nikmalarini ishlab-chiqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, talim tizimida samarali foydalanishi imkonini beradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Dasturlash asoslari” fanini o‘qitish ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim ko‘rinishida olib boriladi. Fanning mazmuni uni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xususan, kompyuter texnikasidan foydalanishni taqoza etadi. Shu bilan birgalikda fanni o‘qitishda ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish katta samara berishi shubhasiz. Xususan, fanni o‘qitishda darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, elektron darsliklardan va mustaqil ta’lim uchun masofaviy ta’lim saytlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘quv jarayonida o‘qitishning interfaol usullari, muammoli o‘qitish texnologiyasi, tanqidiy fikrlash rivojlanishining pedagogik strategiyalari, shaxsiy yo‘nalganlik asosidagi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishni differensiallash, o‘qitishning individuallash-tirish texnologiyasi, o‘qitishning kompleks usullari (aqliy hujum, bahs-munozara usuli va b.) kabi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullaridan foydalaniladi.
|