I bob. Dasturlash fanining meyoriy xujjatlarining tahlili. (fan dasturini olish) Namunaviy fan dasturini modul tizimida moslashtirish.
“Dasturlash asoslari” fanining bosh maqsadi talabalarga qo‘yilgan masalani yechadigan kompyuter dasturini tuzish asoslarini o‘rgatishdir. Shu maqsadda dasturlash tillari va muhitlari haqida tayanch tushunchalar beriladi va bu tillardan foydalanishga o‘rgatiladi.
Fan nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qism informatika va hisoblash texnikasi, algoritmlar, C/C++ dasturlash tili, Visual C++ obyektga yo‘naltirilgan dasturlash muhitlarida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘limlaridan tashkil topgan.
Dasturda kompyuterda dasturlashga kirishning nazariy asosi bo‘lgan algoritmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu yerda algoritmlarni tavsiflash va keyinchalik kompyuterda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator matematik tushunchalar - takrorlash, yordamchi algoritm, rekursiya, xotira, massiv, indeks, funksiya, parametr va h.k. kiritilib, turli xil sinf masalalarining algoritmlari tuziladi.
Dasturlash tili - tuzilgan algoritmni kompyuter amalga oshirishi uchun vositadir. Bu o‘rinda turli murakkablikdagi sintaksis va semantikaga ega bo‘lgan tillardan foydalanish mumkin.
|