Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar
“Dasturlash asoslari” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo‘llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari va xususiyatlari, strukturali, dasturni optimallashtirish va umumlashtirish, dasturlashda modulli tamoyillarini qo‘llash, kompyuter texnologiyalari yutuqlarini zamonaviy hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minotida qo‘llash, dasturlashning taraqqiyotining an’analari haqida tasavvurga ega bo‘lishi, yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini, modulli tahlil va modulli dasturlash asoslarini, samarali dastur va dasturlar kompleksini yaratish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi, tadbiqiy masalalarni yechish algoritmini tuzish, matematik (kompyuter) modelini qurish va uning dasturiy ta’minotini yaratish, strukturali, obyektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash paradigmalarini qo‘llash asosida ilovalarni yarata olish, dasturlashda, hisoblash texnikasi va dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yaratilgan ilovalarni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|