Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Bitiruv malakaviy ishida davlat ta‘lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni, o‘quv jarayonini
kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni, masofaviy ta‘limni o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida yo‘lga qo‘yishni, hamda nazoratni amalga oshirishni ta‘minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv – uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta‘lim resurslari, o‘qitish texnologiyasi, baholash usullari va mezonlarini o‘z ichiga olgan ta‘limni masofadan turib tashkil etish texnologiyaridan samarali foydalanish asoslari masalasi ko‘rilgan.
|