Международный научный журнал № 11 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня, 2023 г
117
DASTURIY MODULLAR VA MODULLI DASTURLASH
Aminova Hafiza Obidovna
BMTI akademik litseyi Informatika va AT fani o'qituvchisi
Annotatsiya :Ushbu maqolada dasturiy vositalar, dasturiy modular haqida ilmiy
fikrlar bayon etiladi. Ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib xulosalanadi.
Kalit so‘zlar :
Dastur, tizim, modul, qism, dasturlash, vosita, usul, chora, qiymat,
kompilyatsiya, tur.
Dasturiy vosita (DV) ning har bir dasturini ishlab chiqishga kirishilar ekan,
bu dastur
odatda katta tizim ekanini nazarda tutish kerak. Shuning uchun biz uni soddalshtirish
choralarini ko‘rishimiz lozim.[1] Buning uchun ushbu dastur qismma-qism ishlab chiqiladi
va bu qismlar
dasturiy modullar deb ataladi. Dasturlarni ishlab chiqishdagi bu usulning o‘zi
esa
modulli dasturlash deb ataladi. Dasturiy modul jarayon tavsifining biron fragmenti
(qismi) bo‘lib, u jarayon tavsiflarida qo’llanish uchun yaroqli bo‘lgan
mustaqil dasturiy
mahsulot sifatida shakllantiriladi. Bu degani - har bir dasturiy modul dasturning boshqa
modullaridan alohida dasturlashtiriladi, kompilyatsiya qilinadi (to‘planadi) va sozlanadiki,
buning natijasida u dastur boshqa modullaridan jismonan ajratilgan bo‘ladi. Inchunin,
ishlab chiqilgan har bir dasturiy modul turli dasturlar tarkibiga kiritilishi mumkin.[2] Buning
uchun ushbu modul bo‘yicha hujjatlarda e’lon qilingan qo‘llanish
shartlari bajarilgan
bo’lishi kerak. Shunday qilib, dasturiy modul dasturlar murakkabligiga qarshi kurash
vositasi sifatida ham, dasturlashda dubllashtirishga qarshi kurash vositasi sitatida ham olib
qaralishi rnumkin.
Modulli dasturlash dasturlarni ishlab chiqish jarayonida murakkabliklar bilan
kurashning ikkala umumiy usuli (tizim komponentalari mustaqilligini ta’minlash usuli ham,
ierarxik (tabaqaviy) tuzilmalardan foydalanish usuli ham)ni o‘zida mujassam etadi. Birinchi
usuldan foydalanish uchun dasturiy modul javob berishi lozim bo‘lgan ma’lum talablar
ta’riflanadi, ya’ni "yaxshi" dasturiy modulning asosiy tavsiflari aniqlanadi. Ikkinchi usuldan
foydalanish uchun dasturlaming daraxtsimon (shu jumladan
shoxlari qapishib ketgan
daraxtlarga o‘xshash) modulli tuzilmalar qo‘llanadi. Наг qanday dasturiy modul ham
dastumi soddalshtirishga olib kelavermaydi. Shu nuqtai nazardan yaxshi modulni ajratib
olish jiddiy ijodiy masalani tashkil etadi. Ajratib olingan modulning muvofiqligini baholash
uchun turli mezonlardan foydalaniladi.
Masalan, Xolt quyidagi ikkita mezonni taklif qiladi:
-
yaxshi
modul
tashqi
tomondan,
ichki
tomonga
nisbatan,
soddaroq bo‘ladi;
- yaxshi moduldan foydalanish uni yaratishdan ko‘ra osonroq.
Международный научный журнал № 11 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня, 2023 г
118
Mayers esa dasturiy modulning muvofiqligini baholash uchun uning tuzilishidagi
yanada aniqroq quyidagi tavsiflardan foydalanishni taklif qiladi:
- modul o‘lchami (razmeri);
- modul mustahkamligi;
- boshqa modullar bilan birikuvi;
-modulning
mustaqilligi
(ya’ni
uning
awalgi
murojaatlardan
mustaqilligi).
Modul о‘lchami
uning tarkibidagi operatorlar yoki satrlar soni bilan o‘lchanadi. Modul
o‘ta katta yoki o‘ta kichik bo‘lmasligi lozim. Kichkina modullar dasturiy modul tuzilmasming
qo‘pollashib ketishiga olib keladi hamda ularni rasmiylashtirish biJan bog‘liq sarf-
xarajatlarni qoplamasligi mumkin.[3] Katta modullar esa ulami о‘гganish va o‘zgartirishda
noqulayliklar tug‘diradi, ular dastumi sozlash paytida uni qayta
translyatsiya qilishning
jamlama vaqtini ancha oshirib yuborishi mumkin. Odatda o‘lchami bir necha o‘ndan bir
necha yuz operatorgacha bo‘lgan dasturiy modullar tavsiya qilinadi
Modul mustahkamligi
bu uning ichki aloqalarining me’yorlaridir. Modul
mustahkamligi qancha yuqori boisa, u dasturning o‘ziga nisbatan
tashqi qismidan shu
darajada ko‘proq aloqalami berkitishi hamda buning natijasi o‘laroq, dastuming
soddalashuviga shu darajada ko‘proq hissa qo‘shishi mumkin. Modul mustahkamligi
darajasini baholash uchun Mayers mustahkamlik darajasi bo‘yicha tartibga solingan
modullaming yettita sinfidan iborat to‘plamini taklif qiladi.
Moslik bo yicha mustahkam
modul eng kam darajali mustahkamlikka ega. Bu shunday
modulki, uning elementlari o‘rtasida ongli aloqa mavjud emas. Bunday modul qanday
holatda ajratib olinishi mumkin?
Masalan, dasturning turli o‘rinlarida bir xil operatorlar ketmaketligi takrorlansa, mana
shu ketma-ketlik alohida modul sifatida shakllantiriladi. Matnning ma’noli qismlaridan biri
(kontekst)da ushbu ketma-ketlikni o‘zgartirish zarur bo‘lib qolsa,
bu modulning ham
o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bu esa ushbu modul matnning boshqa ma’noli qismlari
(kontekstlari)da qo‘llanganda xatolikka olib kelishi mumkin. Dasturiy modullaming bu
sinfidan foydalanmaslik ma’qul. Umuman olganda, Mayers
taklif qilgandek modular
sinfining ulaming mustahkamlik darajasiga qarab tartibga solinishi anchayin bahsli
masaladir.