Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
“Dasturlash asoslari” fani yo‘nalishning o‘quv rejasidagi “Diskret matematika va matematik mantiq”, “Chiziqli algebra va analitik geometriya”, “Kombinatorika va graflar nazariyasi” fanlari bilan uzviy bog‘liq. Fan mazmuni yo‘nalishning o‘quv rejasidagi “Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash”, “Java texnologiyalari”, “Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari”, “Web dasturlash”, “Kompyuter vositasida modellashtirish”, “Mobil ilovalarni yaratish” fanlarini o‘zlashtirishda tayanch hisoblanadi.
“Dasturlash asoslari” fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o‘quv yilining 1-2-semestrida o‘qitiladi. Fanni o‘qitish ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi.
|