Uchinchi bosqich testlar.
1. Ijodiy qobiliyat testlari - o’zlashtirilgan ko’nikma va malakalarni yangi sharoitlarda, amaliyotda ishlatish so’raladi.
Moodle texnologiyasida qo’llaniladigan testlarning bir qancha turlari bor va ular quyidagilar:
1) yopiq turdagi testlar;
2) ochiq turdagi testlar(qisqa javob testlari);
3) moslikni tekshirish testlar;
4) Raqamli testlar;
5) ta`riflash testlar;
6) to`g`ri/noto’g’ri javobli testlar;
7) hisoblanayotgan testlar;
8) esse testlar.
Yopiq turdagi testlarda- o’quvchi javob berishi kerak bo’lgan savol yoziladi. Bu savolga javob variantlari ham yoziladi, ya`ni bitta variantga aniq, to’g’ri javob yoziladi. Boshqa javoblarga esa kalit so’z yoki formula, belgi, simvol, harflarni o`zgartirib, tushirib qoldirib noto’g’ri javob variantlari tuziladi. Topshiriq shartidan keyin to’g’ri javob va 1-3 ta to’g’riga o’xshagan, lekin to’g’ri bo’lmagan javob variantlari keltiriladi.
|