1.2.7-chizma. Advego Plagiatus dasturi
Internet tarmog‘ida joylashtirilgan elektron resurslar orasidan izlanayotgan matnga o‘xshash matnlarni qidirishga mo‘ljallangan «Etxt Antiplagiat» va «Advego Plagiatus» dasturlarini ko‘chirib olish va foydalanish bepul. Bugungi kunda Internet tarmog‘ida ko‘plab jurnallarning elektron versiyalari taqdim etilgan. Ularning kontenti foydalanuvchilarga qiziqarli bo‘lishi uchun mazkur jurnallar tahririyatlari e’lon qilinayotgan maqolalarning original bo‘lishiga intilishlari kerak. Boshqa saytlarda e’lon qilingan materiallarni ko‘chirib bosish jurnalga bo‘lgan qiziqishni pasaytirib yuboradi. Demak, tahririyatga kelib tushayotgan maqolalar avval Internet tarmog‘idagi biror-bir saytda e’lon qilinganligini (yoki e’lon qilinmaganligini) bilish maqoladan jurnalda foydalanish (yoki foydalanmaslik) to‘g‘risidagi qaror chiqarishga yordam beradi. Internet tarmog‘ida joylashgan elektron resurs matnlari orasidan o‘xshash matnlarni qidirishga mo‘ljallangan ikki dasturiy vositaning tahlili quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi.
1. Dasturiy vositalarni Internet tarmog‘idan bemalol ko‘chirib olish va foydalanuvchi o‘z kompyuteriga o‘rnatishi mumkin.
2. Oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari mazkur dasturiy vositalar yordamida talabalar tomonidan topshirilayotgan ishlarni oriinallikka tekshirishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida, «ko‘chirmachilikning oldini olish» orqali ta’lim sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi.
3. Himoya qilinayotgan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini ekspertizadan o‘tkazishda ekapertlarga aniq ma’lumotlar olishga imkoniyat yaratadi.
4. Jurnallar tahririyatlari kelib tushayotgan maqolalarni ekapertizadan o‘tkazish (ya’ni maqolani unikallikka tekshirish)lari osonlashadi.
|