• Morfologik lug’at.
  • Oddiy lug’at.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 1,04 Mb.
    bet8/27
    Sana14.06.2021
    Hajmi1,04 Mb.
    #15036
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
    Imlo lug’atlar

    Bu turdagi lug’atlarga kirgan so’z va iboralarning izohi ham, tarjimasi ham bo’lmaydi. Bunday lug’at so’zlarning yozilishini imlo qoidalarini o’z ichiga oladi. Tillardagi hamma so’zlarning yozilishini imlo qoidalariga mos kelmaydi. Bu turdagi lug’atlar istisno so’zlarning orfografiyasining aniqlashda ayniqsa qo’l keldi. Imlo lug’atlari hamma uchun birdek ahamiyatlidir.

    Imlo lug’atlarining biz uchun ahamiyatli jihati shundaki so’zlarni to’g’ri talaffuz etishni o’rgatadi. Bunday lug’atlar, asosan praktik maqsadda tuziladi.Imlo lug’atlarga misol tarzida quyidagilarni ko’rsatish mumkin. S.Ibrohimov, M.Rahmonovlarning 1956-yilda nashr etilgan “Imlo lug’ati”ni, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning “fan” nashriyoti tomonidan 1976-yilda nashr etilgan “o’zbek tilining imlo lug’ati”, Shavkat Rahmatullayev, Azim Hojiyevlarning “O’zbek tilining imlo lug’ati” Toshkent 1995. To’lqin To’g’ayev, Gulbahor Tavaldiyeva, Muyassar Akromova, Karim Nazarovlarning “O’zbek tilining krill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati” (Toshkent 2004.) ni olib qaraydigan bo’lsak, ushbu lug’at kirillcha va lotincha o’zbek alifbolarida tuzilgan bo’lib, ayni bir so’z har ikki yozuv shaklida yonma-yon berildi.

    Lug’at kirillcha –lotincha o’zbek yozuvi tamoyilida tuzilganligi sababli, so’zlar o’zbek kirill alifbosi tartibida ifoda etildi. Davlat tilini o’rganishning ahamiyati ortib borayotgan, shuningdek, o’zbek lotin alifbosiga o’tilayotgan hozirgi kunda bu hildagi lug’atlar juda zarur va foydalanish uchun har jihatdan qulaydir. Xususan, yangi o’zbek alifbosi va takomollashgan imloda dastlab savod chiqarayotgan, ayniqsa, yangi alifbo tartibini, unda o’qish-yozishni hali muhta o’zlashtirmagan kishilarning o’zlariga ma’lum o’zbek kirill alifbosi tartibi bo’yicha ushbu lug’atdan o’zbek lotin alifbosidagi zarur so’zlarni tezroq topishlari va o’rganishlari oson kechadi.

    Bunday lug’atdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad so’zlarning har ikki alifboda to’g’ri yozilishini ko’rsatish bilan birga yangi o’zbek yozuvida tezroq savod chiqarishga ko’maklashishdan iborat. Chunonchi, lug’atda so’zlarning kirill va lotin alifbolarida yozilib yonma-yon berilishi ko’rgazmalilik holatini kasb etadi. So’zlarni taqqoslash orqali o’quvchi kirill alifbosidagi harflar yangi alifboda qanday harflar bilan ifodalanishini bilib olishlari ta’limda yaxshi natija beradi. Muhimi, avvalgi va yangi imlo qoidalaridagi tovush va harf munosabatlarining (qaysi harf qaysi tovushni ko’rsatishining), umuman, har ikki imlo qoidalari mazmunining o’zaro uyg’un va farqli tomonlarini ushbu lug’at yordamida qiyoslab o’rganish imkoni tug’iladi.

    Lug’atning kirill alifbosidagi qismi rus grafikasi asosida o’zbek yozuvining imlo qoidalariga (1956-yil 4-aprel), yangi alifbodagi qismi esa lotin grafikasi asosida o’zbek yozuvineng asosiy imlo qoidalariga (1995-yil 24- avgust) mos holda tuzildi. Binobarin, so’zlarning har ikki alifboda yozilishi grafika jixatidangina emas, ayrim holatlarda avvalgi va yangi imlo qoidalari mazmuniga ko’ra ham farq qiladi. Masalan, kirillchada : lotinchada:

    oktyabr - oktabr

    shovillamok - shovullamoq

    nuktai nazar - nuqtai nazar

    kopdan kop - ko’pdan ko’p

    soz boshi - so’zboshi

    bugdoy rang - bug’doyrang va hakazo.

    Shu o’rinda lug’atimizning lotin alifbosidagi qismida ayrim so’zlarning yozilishi yangi alifbo asosidagi “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ning bir o’rindagi nomukammal imlo qoidasiga muvofiq bo’lmaganini aytib o’tishni lozim topdik.

    Tilimizda shov, lov, gur kabi so’zlar bir qatorda viz, vish, vaq, vang, vag’, vosh singari tarkibida v undoshi bo’lgan ko’plab taqlid so’zlar ham uchraydi. Ammo keyingi turkum so’zlarni “Asos va qo’shimchalar imlosi” qismidagi 37-qoidaning 1-bandiga asosan vizullamoq, vishullamoq, vaqullamoq va sh. k. Shaklida yozib bo’lmaydi. Lug’atda ushbu qoidada ko’zda tutilgan asl maqsad to’g’ri talqin etilib, tegishli o’rinlarda unga amal qilindi: gur+ illa= gurulla, shuv+illa = shuvulla kabi. Lekin vish, var va shu singari taqlid so’zlarga fe’l yasovchi -illa qo’shilganda asliga muvofiq yozildi: vishillamoq, varillamoq kabi.Lug’atda birinchi galda hozirgi o’zbek adabiy tilida keng qo’llanilayotgan so’zlar kiritildi. So’z yasovchi qo’shimchalari soda, imlosi qiyin bo’lmagan yasama so’zlarni lug’atga kiritmaslikka harakat qildik. Ammo tub fe’llarning noaniq shakli bilan birga yozishda xatolikka yo’l qo’yish mumkin bo’lgan kestirmoq, surishtirmoq, yuzlashtirmoq, zo’riqtirmoq, orttirmoq, bo’rttirmoq kabi nisbat yasovchisiga ega ayrim fe’llar ham lug’atdan o’rin oldi.

    Lug’atda talaffuzi o’xshash, aytilishi bir-biriga yaqin so’zlarning ma’nolari qavs ichida izohlab yozildi, masalan, adib (yozuvchi) , adip (to’nning adipi), asil (toza), asl (tub), jodi ( asbob), jodu( sehr) kabi.

    Lug’atdagi so’zlarning muayyan qismini fan-tehnikaga doir terminlar tashkil etadi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda tilimizga kirib kelgan bu sohalarga oid ko’plab yangi so’z-terminlar lug’atdan joy oldi, chunonchi: fyuchers, ombudsman, sammit, bill, emansipatsiya, embargo, konvertatsiya, lizing, menejer, marketing, sanatsiya; printer, multimedia, peyjer va sh.k. Bu tarkib lug’atning ikkinchi nashrida yangi o’zlashmalar hisobiga yana ham ortdi.

    “O’zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati” ikki jildli “O’zbek tilining izohli lug’ati”, chop etilgan turli xarakterdagi lug’atlar, xususan, Sh.Rahmatullayev va A.Hojiyevlar tomonidan tuzilgan “O’bek tilining imlo lug’ati” (1995), maktab darsliklari va davriy matbuotdan yig’ilgan so’zlar asosida tuzildi. Xalq og’zaki ijodi, xalq so’zlashuv tilidan, taniqli yo’zuvchi, shoir, journalist va olimlarimiz asarlaridan to’plangan so’zlar ham imlo lug’ati so’zligini boyitgan.

    Lug’atda atamalar asosan birlik sonda berilgan, lekin ba’zi atamalar ko’plikda ham uchrashi mumkin. Masalan, izogirlar, izogonlar neftenlar va b.Lug’atda ruscha so’z va atamalar rus alifbosi tartibida berilgan.Lug’atga kirgan atamalarga izoh berilmadi, ammo ba’zi murakkab atamalarning tarjimalariga juda qisqa izoh tariqasida ko’rsatma berildi. Masalan,

    1. Jikler –jiklyor, meyoriy purkash tegishi;

    2. Ionnыe svyazi –minerallarda elementlarning ion bog’lanishi;

    3. Gruzooborot –vaqt birligida tashilgan yuk miqdori va b.

    Lug’atda qabul qilingan yangi yoki kam qo’llanadigan o’zbekcha atamalar dastlabki paytlarda ancha noqulay eshitilishi mumkin. Masalan, tizim, tuzilma, yuritgich. Lekin vaqt o’tishi bilan bunday atamalar o’zlashib ketadi, degan umiddamiz.

    “Ruscha –o’zbekcha politexnika lug’atini” tuzishda Toshkent Davlat texnika universitetining bir qator professor va olimlari faol qatnshdilar. Texnikaning deyarli barcha sohalriga tegishli maxsus fanlarda qo’llanadigan va lug’atda qabul qilingan atamalarni shu sohalarda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan olimlar ko’rib chiqdilar.

    Lug’at asosan oliy texnika va o’rta maxsus o’quv yurtlari talabalari va o’qituvchilari, texnikaning turli sohalrida ishlovchi muhandis –texnik xodimlar, texnikaga oid adabiyotlarning tarjimonlari uchun mo’ljallangan.Lug’atning tuzilishi. Lug’at rus va o’zbek tillarida yozilgan bo’lib, undagi atama va tushunchalar o’zlarining ruscha talqiniga ko’ra alifbo tartibida joylashtirilgan. Unda qushlarning o’zbekcha nomlari tarjimasi T.Zohidovdan (1957), o’simliklar nomlarining tarjimasi esa asosan S.Sahobiddinovdan (1953) olingan. Lug’atda keltirilgan atama va tushunchalar bosh so’zlar (sarlavhalar) shaklida berilgan bo’lib, qoramteir harflar bilan ajratilgan. Bosh so’zdan keyin qavs ichida uning etimologiyasi (kelib chiqishi) xorij tilidagi so’z (etimon) bilan ifodalangan. Etimon sodda so’zdan iborat bo’lib, uni bir so’z bilan tarjima qilish mumkin bo’lsa, u holda uning tarjimasi to’g’ridan–to’g’ri keltirilgan. Masalan, Bakteriyalar- (gr. Bakteriya –tayoqcha). Agar bosh so’z murakkab bo’lib, bir necha etimondan iborat bo’lsa, undan har bir etimon alohida tarjima qilinib bir-biriga ulanadi. Bu holda „ <“ belgisi“ … dan kelib chiqqan“ ,,, … asosida degan ma’noni beradi. Masalan, Fototrof bakteriyalar (< gr. Photo -yorug’lik + trophe- ozuqa + bacteria-tayoqcha ) xorijiy va o’zbek tillaridan olingan so’zlardan iborat ba’zi murakkab sarlavhalarning mazmuni keltirilganda qavs ichida yo faqatgina xorijiy etimon va uning ma’nosi ( mas.Biokimyoviy indicator (< lot. Indicator- ko’rsatuvchi) yoki kursivda etimonning o’zi va o’zbekcha so’z (mas, suv kadastri( suv+ kadastru…) keltirilgan. Ikkinchi holatda etimonning ma’nosini matn bo’yicha oldinroqda qarashga to’g’ri keladi. Lug’atda ko’proq uchraydigan murakkab so’zlarning so’z hosil qiluvchi elementlari alohida lug’at atamasi sifatida berilgan. Ularni o’quvchi alfavit bo’yicha o’z o’rnida yoki alfavit bo’yicha joylashtirilgan murakkab bosh so’zlar tarkibida topadi( mas., Avto… (Auto…) gr autos-o’zim; Avtotroflar < autos… + gr. Trophe - ozuqa). Ayrim atamalarning tarjimasi uning mazmuniga ko’ra keltirilgan. Bu holda atamaning mazmuni atamadan bevosita keyin qavs ichida berilgan (mas., Landschaft – nem. Landschaft (joyning umumiy ko’rinishi, manzara). Ba’zi hollarda atama va uning etimonidan qaysi sohaga tegishli akanligi ko’rsatilgan. Masalan, tog’- kon (konchilik sanoati), metall (matallurgiya sanoati). Lug’atdagi ba’zi atama va tushunchalar turlicha izohlangan bo’lib, bu ularning talqinida bir-biriga o’xshash yoki o’zaro mantiqan farqlanuvchi ma’no borligidan kelib chiqdi.

    O’quvchining ekologik dunyoqarashini kengaytirish maqsadida lug’atning oxirida tabiat muhofazasi bilan shug’ullanuvchi yetakchi xalqoro tashkilotlar to’g’risida ba’zi malumotlar, atrof muhit muhofazasiga doir xalqaro konvensiya va bitimlar hamda tabiat muhofazasiga doir O’zbekiston respublikasining qonunlari ro’yxati keltirilgan.Bunday lug’atlar faqat tillardagi sinonimik qatorlarni qayd etuvchi, ya’ni izohsiz yoki izohli bo’lishi mumkin. Izohsiz lug’atlarning qimmati kam bo’ladi. Chunki u sinonimlarning o’zlariga xos turli belgi- xususiyatlarni ochib bermaydi.

    Sinonimlarni farqli xususiyatlarini to’g’ri anglagan holda ularning keraklisini tanlab qo’llash fikrning aniq maqsadga muvofiq ifodalashiga imkon beradi. Bunga sinonimlarning izohli lug’ati mumkin xizmat qiladi. Sinonimlar lug’atlarida o’zaro sinonim bo’lgan so’zlar belgilanadi ularni birlashtiruvchi ma’no ko’rsatiladi va sinonimik qatordagihar bir so’z o’ziga xos belgi – xususiyatlari ochib beriladi. Bunga misol qilib quyidagi sinonim lug’atlarni keltiramiz.



    Morfologik lug’at.

    Lug’at- bu, alfavit tartibida joylashgan so’zlar majmuasi bo’lib, so’zning izohi yoki boshqa tilga tarjimasidan iborat.Lug’atlar turlicha vazifada bo’ladi.Morfologik (lingvistik) lug’at-bu shunday lugatki, so’zning ma’nosi va qo’llanilishi izohi va uning gramatik kategoriyasini taqdim qiladi.

    Gramatik kategoriya (gr.Kategoria-mulohaza qilish, ta’riflash) –bu barcha bir turdagi garamatik ma’nolar: padejlar kategoriyasida padejlar birikmasi ma’nosi, zamon kategoriyasida alohida zamon formalari birikmasi ma’nosi va boshqalar.Gramatik kategoriya garamatik mazmunga tegishli, ya’ni garamatik mazmunning qismi.Xususan so’zning yaxlit leksik-gramatik razryadi (sinfi) , umumiy semantik birlik va morfologik-sintaktik belgilar, -fe’l kategoriyasi va ravish kategoriyasidan iborat.

    Morfologik lug’at asosida I.A. Mel'chukning [8 ; 9'] "Ma’no-Matn" modellar nazariyasi yotadi. Bu nazariyada tildagi so’zning unda mavjud bo’lgan barcha ma’nolarni ro’yxatlash va undan key6in har bir ma’no uchun uni leksik ifodalash vositasini ko’rsatiladi. Bunday yondashuv ixtiyoriy til o’rganuvchiga "kuchli qorong’u" manosi - "tim qorong’u" shaklida, "kuchli qarsak" ma’nosi esa - "gulduros qarsak" shaklida ifodalanishini tushuntira oladi. D. Apresyan [1; 2; 3] o’zining leksik semantika soxasidagi so’z ma’nosini ifodalash borasidagi ishlari bilan mashhur. Har xil so’zlarning "yoyma portretlar"ini yasash ideyasi Apresyanga ta’luqli. Shartli ravishda (misol sifatida) uni "bilmoq" fe’li haqida barcha ma’lumotlar, yoki "agar" bog’lovchisi haqida barcha ma’lumotlar deb ta’riflash mumkin. Apresyan rahbarligi ostida 1993 y. 3 tomlik "Yangi katta ingliz rus lug’ati" chop etildi.



    Oddiy lug’at.

    Tildagi jamiki so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug‘atshunoslik shug‘ullanadi. Mukammal tuzilgan lug‘at va so‘zliklar u yoki bu tilning boyligini o‘zida to‘playdi. Lug‘atlar qadimdan yaratib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan XI-asrda yaratilgan “Devonu-lug‘otit-turk”, XVI-asrda usmonli turk tilida yaratilgan “Abushqa” lug‘atlari tarixdan bizga ma’lum. Lug‘atlar ikki guruhga bo‘linadi:

    Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi. “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”, “Salomatlik ensiklopediyasi”, “U kim, bu nima” kabi lug‘atlar shular jumlasidandir.

    Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarga imlo lug‘ati (so‘zlarni to‘g’ri yozishga yordam beradi), chappa (ters) lug‘at (so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha alifbo tartibida joylashtiriladi), orfoepik lug‘at (so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilishga yordam beradi), morfem lug‘at (so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishga yordam beradi), o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi), frazeologik lug‘at (iboralar lug‘ati), terminologik lug‘at (ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi), chastotali lug‘atlar (ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beradi), paronimlar lug‘ati (tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida ma’lumot beradi).1981-yilda yaratilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ikki jilddan iboratdir. Bu lug‘at so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida to‘la ma’lumot beradi. Bunday lug‘atlar ma’lum bir ijodkor asarlari bo‘yicha ham yaratilishi mumkin.




    Download 1,04 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 1,04 Mb.