II BOB. Sun’iy intellekt va Prolog tili….. ……………………………….. 25
2.1 Suni’y intellekt sohalari……………………………………….……….. 25
2.2 Tabiiy tillarni qo’llab quvvatlash.................... ………………………... 39
2.2.1 Formal tillar uchun leksik va sintaktik tahlil…..………......…………. 44
2.2.2 Tabiiy tillar uchun leksik va sintaktik tahlil……………………….. 48
2.3 O’zbek tili morfologiyasini qo’llab quvvatlash .……….. ……………….56
II BOB xulosasi…………………………………………………………… 60
Xotima……………………………………………………………………… 61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………. 63
Kirish
XXI asr kompyuter texnologiyalari, ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur , fan va texnikaning jadval taraqqiyot asri bo’ladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”,“Axborotlashgan ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga kundan kun singib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda,“hozirgi axborot kommunikatsiyasi, kompyuter texnologiyalari asrida,internet kundan kunga hayotimizning barcha javhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda,odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustivor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”.
Hozirgi paytda matematik lingvistika va “elektron - tarjimon yuzasidan bir qator yangi muammolar o’rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun shaxmat o’ynashdan tortib, tibbiy tashxis qo’yish, korxonalarni boshqarish, qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”, mazmunini so’zlab berish, she’r yozish, kuylar ijro etish, katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab mehnat faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi. Bunda odam + mashina + odam hamda odam + matn + mashina + odam tizimlari asosida ulkan hajmdagi operatsiya (ish)lar bajariladi. Natijada keyingi yillarda o’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish asoslari ishlab chiqildi, o’zbek tilidagi internet sahifalarini yaratishning asoslari belgilandi, o’zbek kompyuter adabiyotshunosligi (KA) va KL asoslari ma’lum darajada o’rganildi; inglizcha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-inglizcha, ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha tarjimon dasturlari ishlab chiqilmoqda; o’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarining 1-versiyalari yaratilmoqda; WINDOWS o’zbek tilidagi operatsion tizimini ishlab chiqish davom etmoqda; Shuningdek, o'zbek lingvistik avtomatini yaratish bo'yicha dastlabki ishlar amalga oshirilgan, kompyuter yordamida ayrim chastotali lug’atlar, ters (chappa), alfavitli lug’atlar tuzilgan, bu sohadagi ishlar hozirgi kunda jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda.
|