Mustaqil yechish uchun masalalar:
2.1.1.Muayyan masofani bosib o'tish uchun ketadigan vaqtni 25% ga kamaytirish uchun tezlikni necha foiz orttirish kerak?
A) 25 B) 20 C) 33,(3) D) 30
2.1.2. A va B shaharlar orasidagi masofa 188 km. Bir vaqtning o'zida bir-biriga qarab A shahardan velosipedchi, B shahardan motosiklchi yo'lga tushdi va ular A shahardan 48 km masofada uchrashdi. Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat bo'lsa, motosiklchining tezligini toping.
A) 45 B) 42 C) 30 D) 35
2.1.3.Motosiklchi va velosipedchi bir tomonga qarab harakat qilishmoqda. Velosipedchining tezligi 12 km/soat, motosiklchiniki 30 km/soat va ular orasidagi masofa 72 km bo'lsa, necha soatdan keyin motosiklchi velosipedchini quvib yetadi?
A) 3 B) 4 C) 3,5 D) 2,5
2.1.4.A va B shaharlar orasidagi masofa 188 km. Bir vaqtning o'zida bir-biriga qarab A shahardan velosipedchi, B shahardan motosiklchi yo'lga tushdi va ular A shahardan 48 km masofada uchrashdi. Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat bo'lsa, motosiklchining tezligini toping.
A) 45 B) 42 C) 30 D) 35
2.1.5.Mototsiklli A shahardan B shaharga qarab yo’lga tushdi. Agar yo’lovchi 35 km/soat tezlik bilan yursa, vaqtidan 2 soat kechikib B shaharga keladi. 50 km/soat tezlik bilan yursa, 1 soat vaqtidan oldin keladi. O’z vaqtida yetib kelishi uchun mototsiklchi necha km/soat tezlik bilan yurishi kerak?
A) 43,5 B) 42,5 C) 43,75 D) 42,75
2.1.6.Farrux maktabga piyoda borib avtobusda qaytsa, borib kelishiga bir yarim soat vaqt sarflaydi. Agar avtobusda borib qaytsa, 30 minut vaqt sarflaydi. Farrux maktabga piyoda borib kelishga qancha vaqt sarflaydi.
A) 2 soat 40 minut B) 2 soat 50 minut C) 2 soat D) 2 soat 30 minut
2.1.7.Ikki shahar orasidagi masofani avtomobil 4,5 soatda o`tdi. U yo`lning birinchi yarmini 60 km/soat, ikkinchi yarmini 75 km/soat tezlik bilan o`tgan bo`lsa, ikki shahar orasidagi masofani toping.
A) 300 km B) 150 km C) 303,75 km D) 270 km E) 337,5km.
2.1.8.Avtomobil birinchi soatda ikki shahar orasidagi masofaning yarmini o`tgach tezligini 15 km/soatga oshirdi va masofaning ikkinchi yarmini 45 minutda o`tdi. Ikki shahar orasidagi masofani aniqlang.
A) 90 km B) 45 km C) 60 km D) 75 km E) 105 km.
2.1.9. Motorli qayiq A va B shaharlar orasidagi masofani oqim bo`ylab 5 soatda, oqimga qarshi 7 soatda o`tadi. Sol oqim bo`ylab bu shaharlar orasida masofani necha soatda o`tadi?
A) 35 B) 35/6 C) 35/3 D) 30 E) aniklab bo`lmaydi.
2.1.10.Motosiklchi va velosipedchi bir-biri tomon harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 78 km. Velosipedchi tezligi 15 km/soat. Motosiklchining tezligi velosipedchining tezligidan 60 % ortiq. Ular necha soatdan keyin uchrashadi?
A) 2 B) 1,5 C) 2,5 D) ½ E) 3
2.1.11. Elektropoyezdma’lummasofani sutkada o’tishi kerak edi, lekin u har soatda mo’ljaldagidan 25 km ko’p yo’l o’tganligi vashuning uchun mo’ljallangan masofani 2 sutkada o’tganligi ma’lum bo’ldi. Elektropoyezd qancha masofa (km) o’tgan ?
A)10800 B)10080 C)1080 D)10000
2.1.12. Daryo oqimi bo`yicha motorli qayiqda 28 km va oqimga qarshi 25 km o`tildi. Bunda o`tilgan yo`lga sarflangan vaqt turg`un suvda 54 kmni o`tish uchun ketgan vaqtga teng. Agar daryo oqimining tezligi 2 km/soat bo`lsa, motorli qayiqning turg`un suvdagi tezligini toping.
A) 10 B) 12 C) 8 D) 11
2.1.13. Orasidagi masofa 384 km bo`lgan ikki mashina bir vaqtda bir tomonga harakatr qilmoqda. 12 soatdan keyin orqadagi mashina oldindagi mashinani yetib oldi.keyingi mashinaning tezligi oldindagi mashinaning tezligidan qancha ortiq?
A) 32 B) 16 C) 28 D) 30
2.1.14. Motorli qayiqning daryo oqimi bo`yicha tezligi 21 km/soatdan ortiq va 23 km/soat dan kam.Oqimga qarshi tezligi esa19 km/soatdan ortiq va 21 km/soatdan kam.Qayiqning turg`un suvdagi tezligi qanday oraliqda bo`ladi?
A) (18;20) B)(19;21) C) (18;19) D)(20;22)
|