II bobning xulosasi.
Bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi bobi turli tipga oid matnli masalalarga masalalarga bag`ishlangan bo`lib,unda bir necha yillar davomida test sinovlarda foydalanib kelingan masalalar yuzlab to`plandi va ular saralanib bir nechtasi ushbu bobga joylandi.Testlarni yechishning bir qancha usullari keltirilgan bo`lib,eng qulay usullari tanlab olingan.Ikkinchi bob to`rt qismdan iborat bo`lib,har bir qismda harakatga oid,prosentga oid,aralashma va ishga oid turli xil masalalar berilgan bo`lib,ularning yechish usullari haqida ,murakkab tomonlari,nozik qirralari ko`rsatib o`tilgan,shuningdek,mustaqil yechish uchun masalalar berilgan.
Matnli masalarni yechishda eng avvalo o`quvchidan kuchli bilim va bundan tashqari keng dunyoqarash hamda o`tkir zehn,diqqat-e`tibor talab qilinadi.Oddiygina masalalar yechishda masala shartini tushinish eng katta ahamiyatga ega bo`lib hisoblanadi.Kimki masala shartini to`g`ri tushuna olsa, o`sha o`quvchi masalani ellik foizga yecha olgan hisoblanadi.Masalaning yechimini qolgan ellik foizi esa masala shartiga mos tenglama yoki tenglamalar sistemasini tuzish va uni to`g`ri va aniq yechishga bog`liq.Mening bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi bobida matematika fanining matnli masalalarni qamrab oldi va bu kelajakka qisman bo`lsada xizmat qila oladigan masalar to`plami vazifasini o`tay oladi deb o`ylayman.
Xotima.
Bitiruv malakaviy ishim elementar matematikaning an’anaviy bo`limi matnli algebraik masalalarni yechish usullariga bag’ishlangan bo`lib, bunday masalalar sinflarga ajratilgan holda yechib berildi.Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishida harakatga oid,ishga doir,sonlarga oid, protsentga oid va aralashmaga oid umumiy tushunchalar keltirilgan.Matnli algebraik masalalarni yechishda qisqa vaqt davomida aniq natijaga erishiladigan usullardan foydalanishga harakat qildim.Bunda asosan testlarga e’tibor qaratib, matnli masalalar matematikada qanchalik muhim o`rin tutishini testlar misolida bevosita ko`rsatishga harakat qildim. Bitiruv malakaviy ishimning I bobida sodda matnli masalalar haqida ma`lumotlar berilgan bo`lib,uch qismdan iborat.Birinchi qismda sonlarga oid matnli masalalar,ularning yechish usullari,mustaqil yechish uchun masalalar berilgan.Ikkinchi paragrifda to`plam elementlari soniga oid matnli masalalar haqida bo`lib,shuningdek,testlardan namunalar,ularning yechish usullari,mustaqil yechish uchun masalalar o`rin olgan, uchinchi qism esa tenglama va tenglamalar sistemasi yordamida yechiladigan masalalarga bag`ishlanib,yetarlicha malumotlar va testlardan namunalar ko`rsatib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi bobi turli tipga oid matnli masalalarni yechish usllariga bag`ishlanga bo`lib,unda bir necha yillar davomida test sinovlarda foydalanib kelingan masalalar yuzlab to`plandi va ular saralanib bir nechtasi ushbu bobga joylandi.Testlarni yechishning bir qancha usullari keltirilgan bo`lib,eng qulay usullari tanlab olingan.Matnli algebraik masalalar abituriyentni fikrlash doirasini kengaytiradi, tasavvur qilish qobilyatini oshiradi. Bitiruv malakaviy ishimda aralash tipdagi masalalar berilganda ish yanada mukammalroq bo`lar edi deb o`ylayman. Bitiruv malakaviy ishimdan abituriyentlar, o`quvchilar va o`qituvchilar qo`llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
|