2.2. LMS Moodleda elektron kurs yaratish bosqichlari.
Moodle – Web muhitida o`qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Mazkur tizimda Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking kabi ko`plab o`qitish modullar mavjud. Boshqa LMSlar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua bu Moodle dasturiy majmuasidir.
Hozirgi vaqtda dunyoning aksariyat ta'lim muassasalari o`z masofaviy ta’lim tizimilarini tashkil etishda Moodle dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar.
Moodle bo`yicha statistika.
2-2-1-chizma
Shuningdek, Respublikamizdagi ko`plab ta’lim muassaslari virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Virtual ta’lim muhiti” (http://etuit.uz), O`zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o`quv-axborot markazi», Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» (http://moodle.uzedu.uz), Toshkent Turin Politexnika universiteti (moodle.polito.uz), Andijon mashinasozlik instituti (http://moodle.andmiedu.uz).
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web
interfeysli muhitga yo`naltirilgan maxsus tizimi bo`lib, asosan global tarmoqda foydalanishga mo`ljallangan. Tizimni yaratishda PHP, MySQL, AJAX, JavaScript, HTML, CSS, XML jQuery kabi qator ochiq kodli dasturiy vositalardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati (Apache yoki IIS) dasturlari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan operatsion tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novell Netware). Mazkur o`quv qo`llanma yozilayotgan vaqtda Moodle tizimining 2.9 versiyasidan foydalanilgan. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
Moodle dasturiy majmuasining umumiy ko`rinishi
2-2-2-chizma
Moodle tizimidan ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi maydonlarni to’ldirish kerak.
|