II Bob bo`yicha xulosa
Magnitiklarda kuzatiladigan modulyatsiyalangan magnitli strukturalarning ham nazariy, ham amaliy ma`lum darajada o`rganilish natijasida quyidagilarni keltirishni lozim deb topdik:
1. Bir jinsli magnit holatidan modulyatsiyalanganiga fazaviy o`tishlar orasida muhitning magnit holati uchun mas`ul, asosiy o`zaro ta`sirlarning (almashinuv, dipol-dipolli, magnitoanizotrop va h.k.) fazoviy bir jinsli emasligi bilan bog`liq bo`lgan muhitda tasodifiy maydonning bo`lishi natijasida hosil bo`lgan o`tishlarni ajratib olish qabul qilingan
2. FeBO3 ning magnitooptik xossalari ferro- va antiferromagnetizm vektorlariga bog`liq bo`lgan dielektrik singdiruvchanlik tenzoridagi hadlar bilan aniqlanadi, bunda yorug`likni bosh simmetriya o`qi S3 (optik o`qi bo`ylab) bo`ylab tarqalayotganda ushbu kristallning magnitooptik xossalarini analiz qilish uchun S3 o`qiga perpendikulyar tekislik optik indekatrisasining kesimini ifodalovchi dielektrik singdiruvchanlik tenzori komponentasinigina e`tiborga olsa yetarlidir.
3. Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mavjud bo`lgan orientatsiyali fazoviy o`tishlar nazariya Tb0,2Y2,8Fe5O12 namunaning domenli strukturasida kuzatiladigan ko`p qirrali haroratga bog`liq bo`lgan evolyutsiyani ifodalay olmas ekan va spinli qayta orientatsiyalanishga namunaning kristallografik mexanik kuchlanishi sezilarli ta`sir qilar ekan.
XOTIMA
Mazkur ishni bajarish jarayonida olingan ilmiy ma`lumotlarga ishlov berishdan olingan natijalarni quyidagicha tavsiflash mumkin.
Moddalarning magnitlanishi asoslari, magnetizm asoslari, mikrozarralar va atomlar magnetizmi, atomlarning magnit momentlari, o`tuvchan elementlar magnit xossalari, kristall maydonning atomlar magnetizmiga ta`siri, kuchli elektronlar korrelyatsiyasiga ega sistemalar, temir-borati va uning xossalari, kuchsiz ferromagnetizmga ega bo`lgan past simmetriyali kristall temir-boratning magnit xossalari o`rganishga asosiy e`tibor qaratildi va quyidagicha xulosaga kelindi:
Moddalarning magnit xossalarini hosil bo`lishida elektronlar asosiy hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Atomlarning magnetizmi quyidagi uchta sababga asosan hosil bo`ladi:
Elektronda spinli magnit momentining bo`lishi;
Orbital magnit moment hosil qiluvchi atomdagi elektronlarning orbital harakati;
Protonlar va neytronlar spinli momentlari hosil qiluvchi yadroning magnit momenti.
Atom qo`zg`atilganda va ionizatsiyalanganda uning magnit momenti o`zgaradi (masalan, tashqi nurlanish ta`sirida) yoki atomning kimyoviy reaktsiyaga kirishganida va hokazo.
Domen strukturasi kristall panjaraning nuqsonlari tufayli mavjud bo`ladigan antiferromagnetiklardan farqli ravishda, kuchsiz ferromagnetiklarda Neel temperaturasidan past temperaturalarda kuchsiz ferromagnit moment mavjudligi sababli barqaror domen strukturaga ega bo`linadi.
Bir jinsli magnit holatidan modulyatsiyalanganiga fazaviy o`tishlar orasida muhitning magnit holati uchun mas`ul, asosiy o`zaro ta`sirlarning (almashinuv, dipol-dipolli, magnitoanizotrop va h.k.) fazoviy bir jinsli emasligi bilan bog`liq bo`lgan muhitda tasodifiy maydonning bo`lishi natijasida hosil bo`lgan o`tishlarni ajratib olish qabul qilingan.
FeBO3 ning magnitooptik xossalari ferro va antiferromagnetizm vektorlariga bog`liq bo`lgan dielektrik singdiruvchanlik tenzoridagi hadlar bilan aniqlanadi.
Romboedrik strukturaga ega bo`lgan FeBO3 monokristalli normal holatda kuchsiz ferromagnitizmga ega bo`lgan va Neel harorati 348 K ga yaqin bo`lgan antiferromagnitik ekan.
FeBO3 kristalli o`zining elektron xossalariga ko`ra elektronlari kuchli korrelyatsiyalangan sistemalar tarkibiga kiruvchi modda deb tan olingan.
Ishda magnit domenlar va ularning magnitlanishi, temir-borat kristall panjarasining elementar yacheykasi, ularning kristall va magnit strukturasi, domenlarining tuzilishi bilan yaqindan tanishildi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mavjud bo`lgan orientatsiyali fazoviy o`tishlar nazariya Tb0,2Y2,8Fe5O12 namunaning domenli strukturasida kuzatiladigan ko`p qirrali haroratga bog`liq bo`lgan evolyutsiyani ifodalay olmas ekan va spinli qayta orientatsiyalanishga namunaning kristallografik mexanik kuchlanishi sezilarli ta`sir qilar ekan.
|