Buxoro davlat universiteti




Download 2,29 Mb.
bet4/21
Sana22.07.2021
Hajmi2,29 Mb.
#15499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ishning dolzarbligi. Ferromagnit muhitlarda sodir bo`ladigan fizikaviy jarayonlar natijasida domenli strukturalarning hosil bo`lishi va ushbu holatning boshqalarga nisbatan afzalligini bilgan holda, uning chegaralari bo`yicha qatlamlarga bo`linishini tushuntirish mumkin.

Domenli tuzilma magnetikning ko`pgina fizik xossalariga yaqqol ta`sir ko`rsatadi, ulardan magnit elastiklik hodisasi, magnitlanish egri chizig`i ko`rinishi, gisterezisli effekt, spin to`lqinlar spektri va h.k. lar kabi hodisalar xarakterini aniqlaydi. Tashqi ta`sirlar natijasida magnit tartiblangan muhit domen konfiguratsiyasiga ta`sirini tadqiq etish magnit hodisalar fizikasining dolzarb masalasi bo`lib hisoblanadi.

Modulyatsiyalangan magnitli tuzilmalar (strukturalar) (MMS) turlicha tipdagi magnitli tartiblangan ko’p sonli kristallarda kuzatilgani va magnitli tartiblanishning modulyatsiyasiga olib keluvchi asosiy mexanizmlar, magnitli dielektriklarda bu-Dzolyashinskiy-Moriya o`zaro ta`sir, yoki juda yaqin qo`shni atomlar va ulardan keyingilari orasidagi raqobatli alamashinuv o`zaro ta`siri [1-4] ekanligi fanda ma`lum. Bunday materiallarni spinli elektronika funksional elementlarining element bazasida faol moddasi sifatida qo`llanilish imkoniyati mavjudligi, MMS antiferromagnit dielektriklarni tadqiq etishga olimlar e`tiborini jalb etib kelmoqda. Ushbu tadqiqotlarda bunday sinfdagi magnetiklardagi MMS ning ko`pgina xossalari (masalan, antiferromagnetizmning lokal vektori azimuti modulyatsiya chuqurligi va davrining tashqi maydonga, haroratga, bosimga va boshqalarga bog`lanishi) magnitli tartibning fazoviy bir jinsli bo`lmasligining paydo bo`lish mexanizmlariga asoslangan nazariya chegarasida tushuntira olinmas ekan, bu esa ushbu yo`nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirish lozimligini va masalaning dalzarbligini ko`rsatmoqda.


Download 2,29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 2,29 Mb.