Islom Abdug’aniyevich Karimov




Download 2,29 Mb.
bet3/21
Sana22.07.2021
Hajmi2,29 Mb.
#15499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Islom Abdug’aniyevich Karimov.

Uzoq o’tmishdayoq o’zbek xalqining ilg’or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda mashhur. Bular buyuk matematik va astronomlar al-Xorazmiy, Farg’oniy, Javhariy, Marvaziy, Ulug’bek; faylasuf va ilohiyotchi-huquqshunoslar Forobiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Marg’inoniy, Nasafiy; qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino; tilshunos-shoirlar Koshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Zamaxshariy, Alisher Navoiy; tarixchilar Bobur Mirzo, Abulg’ozi Bahodirxon, Ogahiy va boshqa ko’pgina ulug’ zotlardir. Olimlarimiz eng yaxshi an’analarni o’zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur o’rganib, buyuk ajdodlarining ishlarini munosib davom ettirmoqdalar. Ilmli ziyolilarimizning muhim fazilati hamma vaqt bilimga, ilg’or ilmiy tafakkurning oldingi marralarida bo’lishga intilishdan iborat. Ular yangi, kam o’rganilgan, dolzarb muammolarni tadqiq qilishga dadil kirishib, o’z mehnatlari bilan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, innovatsiya salohiyatini mustahkamlashga sezilarli hissa qo’shmoqdalar.

Hozir O’zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markazdir. Bu markaz tadqiqot uchun zarur bo’lgan rivojlangan moddiy asosga, keng ilmiy fondga, malakali ilmiy kadrlarga ega. Ularning mehnati butun dunyoda e’tirof etilgan. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi band bo’lib, shulardan 2,8 mingi fan doktori va taxminan 16,1 mingi fan nomzodidir. Birinchi marta O’zbekiston Respublikasining Oliy attestatsiya komissiyasi tuzildi. Uning vazifasi yosh ilmiy kadrlar tayyorlashdir. Ayni vaqtda fanning 20 tarmog’i bo’yicha yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlanmoqda.

XX asr boshidan beri fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida juda ko'p kashfiyot va ixtirolar qilindi. Ilm-fan jamiyatimizning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Tabiat va jamiyat qonunlarini o'rganuvchi har bir fan sohasida ulkan kashfiyotlar va ixtirolar qilish odat tusiga kirmoqda. Shunday qilib, XX asr o'rtalariga kelib, kishidan ko'p mehnat va iroda talab etadigan hisob ishlarini avtomatlashtirish, hisoblash mashinasidek murakkab hamda qimmatbaho asbob yaratish zarurati tug'ildi. Bunday «chaqqon hisobchi» mashinalarni yaratish-dan maqsad - inson aqlu zakovatini ijodiy faoliyatidan chalg'itmaslik edi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgila-nadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. «Ta'lim to'grisida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimining asosi yaratildi. Ma'lumki, uzluksiz ta'lim tizimi jamiyatning ma'naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, davlatning ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlani-shini ta'minlaydi; har bir inson uchun axborot texnologiyalarining tez almashinuvi (o'zgarishi) jarayonida o'z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytiradi.

Uzluksiz ta'lim - chuqur, har taraflama asosli ta'lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita. uslub va yo'nalishlarining mukammal uyg'unligi-dan iboratdir. Uning turli komponentlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslub-larning ta'lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta'lim sifatini ta'minlaydi. Bugungi kunda masofali o'qitish ochiq ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida e'tirof etilmoqda. Hozirda barcha ta'lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlan-moqda. Bu esa, pedagoglarning o'z mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvni talab etadi. O'quv jarayonida yangi texnologiyalarning joriy etilishi, o'qituvchini texnikaviy vositalar tomonidan siqib chiqarishga emas, balki o'qituvchilik faoliyatining murakkablashuviga olib keladi. O'qituvchining vazifalari va rolini o'zgartiradi.

Ta'limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik muammo - o'quvchi va talabalarning mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ularning fanga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish va faolligini oshirishdan iboratdir.




Download 2,29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 2,29 Mb.