|
Yusuf xos hojib va uning "qutudg'u bilig" asarida ilmiy-ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy qarashlar. Mundarija: kirish I bob. Yusuf xоs hоjib. «Qutadg`u bilig» asari
|
bet | 1/10 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 143,5 Kb. | | #138952 |
Bog'liq Falsafaning funksiyalari, falsafa pedagokka, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga nima uchun kerakligining tahlili.
YUSUF XOS HOJIB VA UNING "QUTUDG'U BILIG" ASARIDA ILMIY-MA'RIFIY, AXLOQIY-TA'LIMIY QARASHLAR.
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………. 3
I BOB. YUSUF XОS HОJIB. «QUTADG`U BILIG» ASARI
1.1. Yusuf xоs hоjib hayoti va faоliyati
1.2. «Qutadg`u bilig» asari haqida.
II BOB."QUTADG`U BILIG" - ILMIY-MA’RIFIY, AXLOQIY –DIDAKTIK ASAR
2.1. ‘‘Qutadg’u bilig’‘ asarining o`rganilish tarixi…………………………
2.2. ‘‘Qutadg`u bilig’‘ dostonida sujet va g`oyaviy yo`nalish…………………
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Buyuk istiqlol sharofati bilan biz o`z milliy qadriyatlarimizni xolis o`rganish, bobokalonlarimiz yaratgan o`lmas asarlarning jahon adabiyotidagi mustahkam o`rni to`g`risida baralla gapirish va tadqiqotlar yaratish imkoniyatiga ega bo`ldik. Yurtboshimiz ta'kidlaganlаridek: ‘‘Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqdi. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan...”
Prezidentimiz mustaqillik sharofati bilan biz bosib o`tgan davrni sarhisob qilib, quyidagicha fikr bildirdilar: ,,Bugun mustaqil taraqqiyot yillarida boshimizdan o`tgan, oson kechmagan yillarimizni, amalga oshirgan ishlarimizni, erishgan yutuq va marralarimizni sarhisob qilar ekanmiz, hech shubhasiz, xolisona bir xulosaga kelishimiz tabiiydir. Ya`ni, bundan o`n to`qqiz yil oldin yurtimizda erkin va mustaqil demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiyotimizni keskin va chuqur isloh etish, aholimiz manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bo`yicha qabul qilgan azmu qarorimiz yakka-yu yagona to`g`ri ekanini bugun hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda. Buning isbotini, avvalo, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o`zi va oilasi, yaqinlari misolida, shahar va qishloqlarimiz, butun mamlakatimizning har tomonlama rivojlanib, obod bo`lib borayotgani misolida yaqqol ko`rishi mumkin. Buning tasdig`i sifatida hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta`siriga qaramasdan, O`zbekiston dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy o`sishning yuqori va barqaror sur`atlarini namoyon etmoqda’‘.
Mustaqil O`zbekistonimiz yoshlari uchun bugungi kunda qulay sharoitlar eshigi ochildi. Hurmatli prezidentimiz bu haqida juda ko`p ma`ruzalarida ta`kidlab o`tganlar. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida’‘gi farmoni muhim qadam bo`ldi. Shular qatorida bitiruvchilarga o`z biznesini tashkil etishi uchun imtiyozli kreditlar berish bo`yicha banklarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar ham e`tiborga sazovordir. ,,Yana bir muhim masalani qayd etib o`tmoqchiman,-deb fikr bildirgan Prezidentimiz,- hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhum ahamiyatga ega’‘,-deb takidlaydilar.
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan so`ng umrini o`tab bo`lgan mustabid, ma`muriy- buyruqbozlik, rejali taqsimot tizimidan voz kechib, ,,O`zbek modeli’‘ deb nom olgan o`z taraqqiyot yo`lini tanlab oldi. Ushbu modelning ma`no- mazmuni- davlat qurulishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o`zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya`ni islohotlar tashabbuskori bo`lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta`minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir. Tadrijiy taraqqiyot yo`lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy to`fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo`lganimizni bugun hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda.
Ulug` bobokalonlarimizning biz yuqorida ajratib ko`rsatgan sohalarini ayni paytda ularning har biriga nisbatan ham aytish mumkin. Chunki, ularning har biri qomusiy olim va ayni paytda iste'dodli shoir ham edilar. Ana shu ulug` siymolar qatorida ilk turkiy doston muallifi Yusuf Xos Hojibning ham alohida o`rni bor. Uning ‘‘Qutadg`u bilig’‘ (Saodatga eltuvchi bilim) asari bugungi kunda butun dunyodagi turkiy xalqlar tili va adabiyotida sarchashma vazifasini o`tamoqda. Qadimgi obidaning qora harflar bilan bitilgan bitiglari zamonamizning yorug` kunlari uchun xizmat qilmoqda. Ushbu pandnomaning jahoniy qudratini аniqlаsh tаdqiqоtchilаr оldigа dolzarb vazifalar qo`ymoqda. Yusuf Xos Xojibning ‘‘Qutadg`u bilig’‘ asarining hozirgi o`zbekcha tabdili (Q.Karimov), olmoncha (V.Radlov) va inglizcha (R.Denkoff) tarjimalari qiyosiy- tipologik tahlil etilgan. Unday tahlillarda asardagi uslub, tarixiy o`ziga xoslik hamda adabiy-lisoniy jihatlar tarjimasining asliyatga muqobillik darajasi ko`rsatilib, bunda tarjimon mahoratini yoritishga harakat qilingаn. Shuningdek, ‘‘Qutadg`u bilig’‘ning tarjima vositasida jahon adabiy jarayoniga kirib borishi hamda Sharqu G`arb adabiyotida an'anaga aylangan ‘‘Shohlar oynasi’‘ adabiy janri taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shganligi diqqatga sazovordir. Yusuf Xos Hojib Sharq uyg`onish davrining buyuk siymolaridan biri hisoblanadi. Zeroki, u o`zining ,,Qutadg`u bilig’‘ asarida davrining juda ko`p ijtimoiy –siyosiy, falsafiy, axloqiy-ta`limiy, ilmiy- ma`rifiy, irfoniy masalalarini yuksak badiiylikda tasvirlagan. Davlatni boshqarish, ijtimoiy adolat, ijtimoiy tabaqalararo munosabat nizomlarini badiiy aks ettirgan mutafakkirdir. Shuning uchun ham bu asar o`rta asrlardayoq butun Sharqda bir ,,dasturul muluk’‘ sifatida e`tirof etilgan. Dunyo ma`daniy- ma`rifiy yo`nalishida bitilgan ushbu asar ilmiy nuqtai nazardan o`rganilishga mushtoq. Bu kurs ishning dolzarbligini belgilaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yusuf xos hojib va uning "qutudg'u bilig" asarida ilmiy-ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy qarashlar. Mundarija: kirish I bob. Yusuf xоs hоjib. «Qutadg`u bilig» asari
|