Yusuf xos hojib va uning "qutudg'u bilig" asarida ilmiy-ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy qarashlar. Mundarija: kirish I bob. Yusuf xоs hоjib. «Qutadg`u bilig» asari




Download 143,5 Kb.
bet9/10
Sana16.01.2024
Hajmi143,5 Kb.
#138952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafaning funksiyalari, falsafa pedagokka, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga nima uchun kerakligining tahlili.

Elik aydi uqtura munun erdamin,
Bu Aytoldi atin ne ul bu senin. Naku-ul munun manisini ay mena, Bilayin, uqayin, bu tayin sena.
Kuntug'di elik Oyto'ldining nuqson hamda kamchiliklarini anglaganini so'zlab, nega bu nom bilan atalishini so'raydi va uning ishonch hosil qilganligini aytadi. Bunday savol-javobning ikki taraflama bo'lib o'tganligi dostonda o'z ifodasini topgan. Dostonning keyingi bobida Oyto'ldi hukmdordan nomi nega ,,Kuntug'di’‘ ekanining sababini surishtiradi. Bu savol-javob usuli G'.Akramov ta'kidlagan ,,qadimiy homiy xudo’‘larni mavzu va g'oyani ro'yobga chiqarish uchun qo'l kelganligidan yorqin dalolatdir. Qadimiy kishilar uchun ilohiylashtirilgan samoviy jismlar ilk turk musulmon sulolasiqoraxoniylar zamonasida yangi ma'no va talqinlar qo'llanganki, buni quyidagi parchada ham ravshan kuzatish mumkin:
Bu Ayto'ldi aydi menin atimi, Bo'gu menzatur ayqa qilqimi. Bu aytug'sa alinu edi az tug'ar, Kuninga beduyur yuqaru aqar. To'lun bo`lsa to'lsa ajunda yarur, Ajun xalqi andin yaruqluq ho'lur. Tugel bo'lsa ko`r ay bu ag'sa adiz Yana erma to'rgur ketar ko'rk meniz. Yaruqliqi eksur yana yo'q bo'lur Tug'ar kecha azin yana o'q-to'lur. Menin bu o'zumma bu yanglig' turur Ara bar bo'lur-men ara yo'q bo'lur.
Parchada asar qahramoni Oyto'ldi oyga qiyoslanadi. Oy dastlab samoda juda kichkina bo'lib ko'rinadi. Kundan kunga to'lishib, yuqoriga ko'tariladi va to'lin oy qiyofasida olamni yoritadi. Jahon ahli undan ro'shnolik ko'radi. Muayyan muddatdan so'ng uning (oyning) ycmirilishi, kichrayishi, chiroyi ketib, nursizlanish jarayoni boshlanadi. Zikri o'tgan manzaralar turg'un emas, aylanishda, takrorlanishda davom etadi. Savol tug'iladi, nega shoir hammaga ma'lum bu hodisalarni hikoya qilayotir? ,,Qutadg'u bilig’‘da majoziylik baland. Shoir g'oyat teran falsafiy mushohada yuritadi, tabiiy jismlar va insonlar taqdiri o'rtasida yaqinlik, aloqadorlik tuyadi. Samoda kezib yurgan oyki, bir holatda turmas ekan, tabiatning mitti mo'jizaisi inson ham o'z qiyofasini o'zgartiradi, uning ,,to'lishgan’‘, va ,,kichraygan’‘ , ,,nursizlangan’‘-davrlari bo'ladi. Bugungi navqiron yoshlikning ortida (erta tetapoya bo'lish jarayoni) bolalik pallasini eslatuvchi keksalikning turishi muqarrardir. Inson ana shu takrorlanuvchi tabiiy jarayonni mushohada etmog'i, qarilik farog'atini umri bahoridayoq ta'min qilmog'i lozim. Quyosh ham samoviy sayyora, ammo u oyga o'xshamaydi. Uning holat-harakati, zoti va sifatlari o'zgarmasdir. Butun mulki borliq uning hayotbaxsh zarralariga ilhaq holatda harakat qiladi. Ayni tasvirda ham irfoniy-falsafiy mohiyat yashirin: Quyosh —mutlaq, azaliy va abadiy mo'jiza, Xudodir.


XULOSA.
Kurs ishni yozish davomida quyidagicha umumiy xulosaga kelish mumkin.XI-asrda yaratilgan ,,Qutadg`u bilig’‘ asari shu davrdagi davlatni idora qilish usuli, siyosati, qonun- qoidalari, shuningdek xalqning rasmu odatlarini, axloq prinsiplarini o`zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida maydonga kelgan. Asardagi to`rt qahramon o`rtasida bo`lib o`tadigan savol- javob, munozaralar jarayonida avom xalqdan tortib qoraxoniylar saltanatining eng oliy daraja hokimi eliggacha bo`lgan oralig`dagi barcha tabaqa va toifalarning axloq, odob, xatti- harakat, o`zaro munosabat va nutq odobi haqida bahs boradi. Shuning uchun ham bu asar pand-nasihat, ta`lim-tarbiya ruhi bilan sug`orilgan, didaktik asardir. Agar har kim ushbu kitobda tilga olingan xislatlarga, fazilatlarga ega bo`lsa, undagi pand-nasihat, yo`lyo`riqlarga amal qilib ish ko`rsa, baxt-saodat unga yor bo`ladi. Mana shunday qimmatli asar mavjudligi haqidagi dastlabki xabar XIX- asrning birinchi choragida paydo bo`ldi.
Bu asarning hijriy 843 (1439) yilda Hirotda uyg`ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan ko`chirilgan nusxasi Turkiyaning Tugot shahriga, bu yerdan esa hijriy 879 (1474) yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Fanari o`g`li Kadi Ali tomonidan Istambulga keltirilgan. Uni mashhur tarixchi va sharqshunos Xammer Purgshtall Istambulda sotib olib, Vena saroy kutibxonasiga keltiradi. Shundan so`ng bu asar haqidagi birinchi xabar va uning ba`zi namunalari 1823-yilda fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee tomonidan nashr etilgan.
1870-yilda esa venger olimi Vamberi ,,Qutadg`u bilig’‘ning eng muhim qismlarini ,,Uyg`ur tili obidalari’‘ va ,,Qutadg`u bilig’‘ nomi bilan nashr qildi va nemis tilidagi tarjimasini berdi. 1890-yildan boshlab esa bu asarni mashhur rus sharqshunos olimi Radlov tekshira boshladi. 1896-yilda kitobning arab yozuvi bilan ko`chirilgan ikkinchi nusxasi Qohirada topildi. 1890-yilda Radlov uyg`ur yozuvi bilan ko`chirilgan Vena nusxasining faksimilesini, 1891 -yilda shu faksimilesining tekstini manjur yozuvi bilan nashr qildirgan edi. Qohira nusxasidan ko`chirma olgach, u ikki nusxani solishtirish imkonyatiga ega bo`ldi va 1910-yilda ,,Qutadg`u bilig’‘ning transkripsiyasi bilan nemis tiliga qilingan mukammal tarjimasini nashr ettirdi. Nihoyat ,,Qutadg`u bilig’‘ning arab yozuvi bilan ko`chirilgan uchinchi nusxasi haqidagi dastlabki malumot 1914-yilda e`lon qilindi. Sharqshunos olim Valizoda 1913-yilning kuzida o`z shaxsiy ishi bilan Qo`qonga safarga otlanadi va mazkur safarida Qozon universiteti qoshidagi arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyati tomonidan Sharq qo`lyozmalari haqida ma`lumot to`plash topshirig`ini oladi. U 1914-yil 20- arrelda Farg`ona ekspeditsiyasi haqida mazkur jamiyatga qilgan hisobot ma`ruzasida namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolaresh ismli kishining shaxsiy kutubxonasida ,,Qutadg`u bilig’‘ning arab alifbesi bilan yozilgan nusxasi mavjud ekanligi haqidagi xabarni aytgan. Bu esa ,,Qutadg`u bilig’‘ning Namangan nusxasi haqidagi dastlabki ma`lumot edi.
Bu xabar e`lon qilinganidan so`ng o`zbek olimi Fitrat 1924- yilda Muhammadhoji Eshon Lolareshdan mazkur nusxani olishga miyassar bo`ladi va shu yilning o`zidayoq bu nusxani Toshkent asosiy kutubxonasiga keltiradi. Oradan bir yil o`tgach, ,,Maorif va o`qitguvchi’‘ jurnalida ,,Qutadg`u bilig’‘ning Namangan nusxasi haqida Fitratning 29 maqolasi bosilib chiqadi. 1928-yilda esa u bu asarning ayrim parchalarini izohlar bilan nashr qiladi. Umuman , ,,Qutadg`u bilig’‘ turkshunos olimlarning diqqatlarini o`ziga jalb qilgan edi. Jumladan, bu asarning til xususiyatlari, vazn va qofiya usullari, til va fonetik sutrukturasi haqida ilmiy ishlar qilingan.
,,Qutadg`u bilig’‘ni o`rganishda A.A.Valitovaning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Birinchi bo`lib bu asarni boy bir tarixiy manbaa sifatida o`rganish ishini boshlab bergan A.A.Valitova bu sohada beqiyos yutuqlarni qo`lga kiritgan. A.A.Valitovaning tekshirishlari turkshunoslikka qo`shilgan katta hissadir. ,,O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi’‘da ,,Qutadg`u bilig’‘ning ayrim parchalari va lug`atlarining berilishi bugungi kunda bu asarni o`rganishda yana ilgariga qarab qo`yilgan dadil qadam hisoblanadi. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, ,,Qutadg`u bilig’‘ haqida qanchalik ko`p ilmiy ishlar qilingan bo`lishiga qaramay hali turli masalalar sohasida ko`pgina ilmiy izlanishlar qilish mumkin. Bitiruv malakaviy-ishimizda Yusuf Xos Hojibning notiqlik san`ati va nutq odobi haqidagi qarashlari tahlil doirasiga tortildi. Bu borada quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Asar axloqiy- ta`limiy, pand nasihat ruhida yaratilgan bo`lib, asarda XI-asr qoraxoniylar saltanatining eng yuksakka ko`tarilgan davridagi ijtimoiy-siyosiy voqealarini to`rt qahramon munozarasi, savol- javobi jarayonida yoritib berilgan.
2. ,,Qutadg`u bilig’‘ sharqning yirik epik asarlari uchun qabul qilingan va Sharq nazmi aruzining eng ohangdori hisoblanib, ,,jangovar o`lchov’‘ deb nom olgan mutaqorib bahrida yozilgan. Bu vaznda Firdavsiyning ,,Shohnoma’‘ asari ham yaratilgan. ,,Qutadg`u bilig’‘ asari G`arb adabiyotida an`anaga aylangan ,,Shohlar oynasi’‘ adabiy janri taraqqiyotiga muhim hissa qo`shdi.
3. Dostonda bilim olish va har bir ishda ezgulik qilishga doir fikrlar badiiy tasvir vositalari asosida bayon etilgan.
4. Yusuf Xos Hojib ,,Qutadg`u bilig’‘da inson ruhiyati, uning suhbat davomida nimalarga ahamiyat berishi lozimligi, qayerda so`zlash, qayerda sukut saqlab tinglash kerakligini go`zal baytlar vositasida ifodalab bera olgan.
5. Oradan bir qancha vaqt o`tishiga qaramay, adib qarashlari bugungi zamonaviy hayotda ham barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
6. Yusuf Xos Hojib insonlarni bilim va zakovat egasi bo`lishga chaqiradi. Zero, bilim va zakovat kishilarni g`aflatdan uyg`otishini, barcha orzu tilaklarga, ulug`likka yetkazishini misollar asosida izohlaydi
7. Insonlarni o`zaro muloqot davomida egallashi mumkin bo`lgan muomala odobi borasida fikr bildirgan Yusuf Xos Hojibning bir qancha hikmatomuz baytlari bugungi kunda ham o`z qiymatini yo`qotmagan.

Download 143,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 143,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yusuf xos hojib va uning "qutudg'u bilig" asarida ilmiy-ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy qarashlar. Mundarija: kirish I bob. Yusuf xоs hоjib. «Qutadg`u bilig» asari

Download 143,5 Kb.