|
II BOB."QUTADG`U BILIG" - ILMIY-MA’RIFIY, AXLOQIY –DIDAKTIK ASAR
|
bet | 4/10 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 143,5 Kb. | | #138952 |
Bog'liq Falsafaning funksiyalari, falsafa pedagokka, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga nima uchun kerakligining tahlili.II BOB."QUTADG`U BILIG" - ILMIY-MA’RIFIY, AXLOQIY –DIDAKTIK ASAR
2.1. ‘‘Qutadg’u bilig’‘ asarining o`rganilish tarixi
Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlar adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, ulug' mutafakkir shoir va davlat arbobidir. Shoir qalamiga mansub ‘‘Qutadg'u bilig’‘ dostoni turkiy yozma badiiy adabiyotning ilk yirik namunasi bo'lib, Yusuf Xos Hojibdan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy meros sanaladi. Unda o'z davrining yetuk donishmandi, taraqqiyparvar ziyolisi bo'lgan ijodkorning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy, falsafiy-irfoniy qarashlari majmuasi o'ziga xos uslubda badiiy ifodalangan.
Yusuf Xos Hojib hayoti va faoliyati haqida juda oz ma'lumot saqlanib qolgan. Aniqrog'i, uning hayot yo'li to'g'risida muallifning o'z asari ,,Qutadg'u bilig’‘ (Saodatga yo'llovchi bilim) dagi ayrim ishoralar asosida ma'lum tasavvurlar hosil qilish imkoniyatiga egamiz. Muallifning ismi Yusuf. Muallifning ismi Yusuf еkаnligi va boshqa ma`lumotlarni shu asarning o`zidangina olamiz: ,,Kitab izisi Yusuf ulug` Hajib o`zinga pand berur, Yusuf Xas Hajib teb ati javi yazilmish.’‘ Asar mazmunidan ma`lum bo`lishicha, Yusuf Balasog`unda tug`ilgan, ma`lumotli o`z davrining butun ilmlaridan boхabar bo`lgan.
Shoir qoraxoniylarning yirik madaniy markazlaridan va poytaxt shaharlaridan biri Bolosog'un (Quz O'rdu)da tug'ilgan. Dostonning muqaddimasida adib o'zi dunyoga kelgan yurtni quyidagicha tasvirlaydi:
Munuqi tarug'laq qut urdi eli, Tub-asli, nasabdin yuramish tili.
Mazmuni:Buning tug'ilgan eli Quz O'rdudir, Tub-asli, nasl-nasabidan tili so'z ochdi. Shoir dostonni yozgan paytida yoshi ellikdan oltmishga tomon borayotganini qayd etadi:
Tegurdi manga ellik yashim, O'qir oltmish emdi manga kel teyu. Asarda ,,Qutadg'u bilig’‘ning yozilish tarixi haqida keltirilgan ishoralar Yusuf Xos Hojibning tug'ilgan yilini aniqlash imkonini beradi. Shoir dostonda bu haqida quyidagi satrlarni bitib qoldirgan:
Yil altmish eki erdi to'rt yuz bila, Bu so'z so'zladim man tutib jan sura.
|
| |