• Reja
  • Etiboringiz uchun rahmat!
  • Mavzu: Konfutsiy taʼlimotida nutq madaniyati masalalari




    Download 1,99 Mb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,99 Mb.
    #242111
    Bog'liq
    Xushvaqov Dustnazar1

    Bajardi: Dustnazar.Xushvaqov

    Tekshirdi:Saidahmedova Odina


    O’zbekiston Respublikasi va Innovatsiya vazirligi.
    Axborot texnologiyalar fakulteti Kompyuter
    Injinering kafedrasi.
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu:Aristotelning “Ritorika” asarida nutq madaniyatiga doir qarashlar

    Reja

    • Til madaniyati va nutq madaniyati ritorika
    • Aristotelning “Ritorika” asari haqida fikrlar
    • Aristotelning “Ritorika” asari haqida ma’lumotlar

    Kishilarda madaniy nutq malakasini shakillantirish ya’ni adabiy til, umuman til mezonlariga, mavjud qoidalarga to‘la amal qilgan holda nutq tuzish malakasini shakillantirish notiqlik san’atining asosiy vazifasidir. Shu bilan birga, yaxshi nutqni baxolash va targ‘ib qilish ham uning vazifasi doirasiga kiradi, chunki ana shu nutq va uning sifati, belgilari namuna sifatida olinadi va kishilarda ana shunday nutqqa havas uyg‘otadi, ularning nutq odobi shakillantiradi. Nutqning adabiy til bilan munosabati bu fanning asosiy masalasidir. Chunki namunali nutqning barcha xususiyatlari (to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, tushunarlilik kabilar) nutqning adabiy til bilan munosabati natijasi sifatida yuzaga keladi.
    Ritorika – amaliy jixatdan nutqning hilma-hil muamolarini tadqiq qiluvchi fan. Tilshunoslikning mustaqil soxasi sifatida chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til me’yorlari, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashishi mumkin bo‘lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning qurilishlari, nutqning talaffuziga doir muamolar yuzasidan baxs yuritadi.
    Ritorika asoslari fan sifatida o‘z tekshirish ob’ekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning komunikativ (aloqa uchun kerakli) fazilatidir. Adabiy til va uning me’yorlari, ulardan foydalanish haqidagi qoidalar barcha uchun majburiy yagonadir.
    Ritorika tarixidan.
    Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi san’at turlaridan biri notiqlik dastlab Misr, Assuriya, Bobilon kabi qadimiy davlatlarda rivoj topgan bo‘lsa, keyinchalik Gretsiya (Yunoniston)da va Rimda rivojlandi, nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Perekl, Kleon, Lisi, Demosfen, Gipperid kabi davlat arboblari notiqlikni san’at darajasiga ko‘tardilar. Shu bois, notiqlik san’at nazariyasi haqidagi dastlabki malumotlar, asosli fikr - mulohazalar Yunoniston Ritorika tarixi bilan bevosita bog‘liqdir. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, jaxon ijtimoiy taraqqiyoti va madaniyati tarixida hech bir davrda Ritorika Yunoniston mamlakatidagi kabi yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan emas. Ritorikani rivojiga quldorlik tizimining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi ham sabab bo‘ldi. Bu davrda davlatning savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etish notiqlik san’atini yuqori darajaga ko‘tardi. Yunonistonda demokratik tizimi o‘rnatish tufayli, xalq majlislarida, kengashlarida, sud yig‘inlarida erkin ravshda so‘zlash imkoniyatlari tug‘ildi.
    Ritorikaga ehtiyoj Afinada, ayniqsa, juda kuchli bo‘lgan. Xalq to‘plangan fuqaro oldida va’zxonlik qilgan davlat arboblarining g‘alaba yoki mag‘lubiyatlari hammadan burun ularning so‘zga chechanliklari bilan belgilangan: keskin dalillar keltirib, fasoxat bilan so‘zlagan, davlat arboblari xalq nazarida martaba ortirganlar, gapga no‘noqlari nazardan qolib sharmanda bo‘lganlar. Shundan qilib Ritorikaning ikki turi maydonga keldi: bulardan biri siyosiy notiqlik, ikkinchisi sud notiqligi, keyinchalik epidektiv ya’ni tantanali marosimlarda ulug‘ zotlarni vasf etuvchi, mashxur voqealar haqida nutq so‘zlovchilar maqtov notiqligi ham paydo bo‘la boshladi.
    Arastuni mantig‘ining asosini sillogizm egallaydi. Sillogizm - u yoki bu tezisda dalillar yig‘indisini namoyon qiluvchi o‘zaro bir - biriga bog‘langan aqliy xulosalar blokidir. Sillogizm 3 qismdan: katta asos. kichik asos va xulosadan tarkib topgan. Sillogizmning turlari - moduslar turli shakllarga ega. Ulardan eng mashxur modus xattoki o‘zining "Barbara" nomiga ham egadir: "Barcha odamlar o‘tkinchidir. (katta asos). Suqrot ham odam (kichik asos). Shunga ko‘ra Suqrot ham o‘tkinchidir."Arastuning (384-322) Ritorika asari hamo‘sha davrda yaratilgan. Arastuning Ritorikasi uch kitobdan tashkil topgan. Asarning birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqida fikr muloxazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, Ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan xar hil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir
    Arastu notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez etishida muhim omil bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez etishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashkari, Arastu notiqning auditoriYani o‘ziga jalb etishi uchun xazil - mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, xar hil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib ko‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.
    Arastu notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib, o‘rgatadi:
    1. Materialni kashf etish (xar tomonlama tayyorlash)
    2. Materialni joylashtirish Shakli (rejasi)
    3. Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish)
    4. Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks etgirish.
    5. Materialni to‘g‘ri talaffuz etish.
    Aristotelning fikrlari bugungi kunda ham o‘z qimmatnni yo‘qotmagan.
    Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi, notiqlikni san’at darajasiga ko’tardi. Yetuk inson bo’lishi uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib qo’yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratildi. Uning SitseronDemosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqdi. Eramizning 335-yilida Aristotelning «Ritorika» asari yaratildi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo’ydi: - materialni har tomonlama tayyorlash; - materialni joylashtirish rejasini belgilash; - materialni o’zlashtirish, nutq qurilishini to’g’rilash; - notiqning nutq materialini o’rganishi; - materialni so’z bilan ifodalash; - nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
    Bu talablar hozir ham o’z kuchini saqlab kelmoqda. O’sha davr sud notiqligida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, notiqlik san’ati nazariyasiga ulkan hissa qo’shdi. Sitseronning «Notiq haqida», «Notiq», «Brut» asarlari hozir ham ma’lum qimmatga egadir. Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U o’zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqliqning birinchi sharti qilib qo’yadi. Kvintilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan o’rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo’lishiga katta ahamiyat beradi. U: «Sen shunday so’zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin», - degan edi. Xullas, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy notiqlik nazariyasi rivojlantirildi. Bu nazariya keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag’ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo’ldi. O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug’ullaning o’ziga xos mavqega ega.
    Taniqli siyosatshunos olim Nazrullo Jo’rayev o’zining «Agar ogohsen...» nomli kitobida haqli ravishda yozganidek, «Sivilizatsiya dunyoning turli mintaqalarida turlicha yuz berib, muayyan hududlar aholisi dunyoqarashi va turmush tarziga chuqur o’rnashgan. Sivilizatsiya, jumladan Yunonistonda nafosat, Hindistonda din, Ovrupada moddiy texnika taraqqiyoti, Turonda esa axloq tarzida vujudga kelgan. Yurtimizda axloq benihoya qiyosi yo’q tushuncha sifatida ardoqlanib kelingan. Ma’nili va bejirim gapira bilish, nutqdagi ma’qul va noma’qul so’zlarni ilg’ay olish, so’zning orqa o’ngini, munosib o’rnini farqlay bilish, nutq odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqining ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan».
    Va’zxonlikning, balog’at (chechanlik, notiqlik) san’atining usuli bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy kabilar tilga, lug’atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag’ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoqlanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o’z tuzilishi materialiga ko’ra rostni ham, yolg’onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg’ondan ajratadigan «mezon» ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o’rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. 
    Olim mantiqni o’rganmaganlarga: «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so’z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bulardi», - deydi. Demak, Beruniy nutqning ikki xil - nasr, nazm ko’rinishi borligini ko’rsatadi. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. SHakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir. Nutq o’zining har ikki shaklida ham so’zlovchi o’z oldiga qo’ygan ma’noni ifodalashi shart. Olim yozadi: «So’ngra so’z mana shu ikki qismda (nasr va nazmda) ham so’zlovchi maqsad qilgan ma’nodan iborat bo’lib qoladi». Nasriy va nazmiy nutqda mazmun (ma’no) bor yoki yo’qligini bilish tuzilgan gaplarni birbiri bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Bu vazifani mantiq fani o’z bo’yniga oladi.

    E'tiboringiz uchun rahmat!


    Download 1,99 Mb.




    Download 1,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Konfutsiy taʼlimotida nutq madaniyati masalalari

    Download 1,99 Mb.