|
Landshaft Arxitekturasida O’simliklardan Kompozitsiya Yaratish
|
bet | 1/2 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 29,43 Kb. | | #263358 |
Bog'liq Dizayn Otrabotka
Landshaft Arxitekturasida O’simliklardan Kompozitsiya Yaratish
Mo‘jaz landshaft kompozitsiyalari - landshaft arxitekturasi va landshaft dizaynining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bizni o‘rab turgan muhitda ma’lum g‘oyani aks ettiruvchi, unchalik katta hajmga ega bo‘lmagan jozibador badiiy asarni yaratish uchun manzarali o‘simliklar, suv, tuproq, rel’ef, inert jismlar va boshqa shu kabi unsurlarga ma’lum darajada shakl berib, inson ehtiyojlariga moslashgan makon yaratish san’atidir. Mo‘jaz landshaft kompozitsiyalari sun’iy muhitni shakllantirish, ko‘kalamzorlarni bezash, geoplastika, kichik arxitektura shakllari, dekorativ qoplamalarni yaratish va vizual kommunikatsiya vositalaridan foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Barcha mo‘jaz landshaft kompozitsiyalari bog‘-park san’atining takrorlanmas asari bo‘lib xizmat qiladi. Mo‘jaz landshaft kompozitsiyalarini yaratishdan asosiy maqsad - insonga ochiq muhitni yoqimli qilib, dilga xushnudlik, funksional, estetik va ekologik xususiyatga ega qilib yaratishdir. O‘simliklarning o‘sishiga yaroqli tabiiy tuproqlar shahar hududining yirik yashil maydonlarida, bog‘larda va o‘rmonsimon bog‘larda uchraydi. Skverlar, bog‘lar, xiyobonlar va yo‘lkalarni obodonlashtirish uchun ajratilgan maydonlar, odatda, tabiiy tuproqqa ega emaslar. Bu erda tuproqlarni o‘simliklarning biologik xususiyatlariga javob beradigan sharoitlarini yaratib berish kerak. Tabiiy tuproq maydonlarda larning sifatini, bir qator agrotexnik marosimlar o‘tkazib, ahamiyatli darajada yaxshilash mumkin. Landshaft arxitekturasida mo‘jaz landshaft kompozitsiyalarini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Muhitda barcha tabiiy va arxitekturaviy unsurlar kompozitsion yaxlitlikda bajarilishini talab qiladi. O‘simliklarning shakli va rangining turli - tumanligi ularni landshaft kompozitsiyasida asosiy tashkil etuvchiga aylantiradi. Har bir o‘simlik o‘zining tashqi ko‘rinishi o‘zining xususiy ko‘rinishiga, xarakteriga ega, shuning uchun aynan o‘simliklar loyihalanayotgan manzaraning proporsiyasi va shaklini belgilaydi hamda u yerda kontrastlar hosil qilib, uning «kayfiyati»ni shakllantiradi. Landshaft arxitekturasida ob’ekt va o‘simlik o‘rtasidagi kompozitsion bog‘liqlikni hosil qilish va uni badiiy g‘oyaga bo‘ysundirishda ko‘pincha dalalardagi va ko‘p marotaba ochiladigan o‘simliklardan foydalaniladi. Landshaft kompozitsiyalarini tashkillashtirishda suvning — buloq, jilg‘a, kaskad, basseyn, fontan, sharshara, daryo, ko‘l va hovuz shakllari ishlatiladi. Bu asnoda suv holatining 2 shakli hisobga olinadi — dinamik va statik. Insonga emotsional ta’sir etish darajasi suvning hajmi va qudrati, balandligi va tushish tezligiga, oqimning tasviriga va suv inshootlaridagi suvning jildirab oqishiga bog‘liq. Landshaft kompozitsiyalari qo‘llanilish obe’kti va uni tashkil etuvchi vositalarga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi. 1. Daraxtlar kompozitsiyalari (soliterlar, alleya(qator)lar, massivlar, guruhlar, bosketlar, monobog‘lar, alp bog‘lari). 2. Gulzorlar kompozitsiyalari (soliterlar, bordyurlar, guruhlar, rabatkalar, miksborderlar, modulli gulzorlar, klumbalar, arabeskalar, parterlar, alp gulzorlari, monogulzorlar). 3. Mo‘jaz arxitekturaviy formalar kompozitsiyalari (bekatlar va do‘konchalar, soyabonlar, hajmiy-fazoviy kompozitsiyalar, darvoza va to‘siqlar, bog‘ o‘rindiqlari, tungi yoritgichlar, tosh bordyurlar, yo‘lak va ular to‘shamalari, zinapoya va panduslar, guldonlar, stollar, trelyaj, shpalerlar, pergola, ko‘shklar (kiosklar), axlatdonlar (urnalar) 4. Suv va o‘simlik bilan bog‘liq kompozitsiyalar (suv parterlari, suv klumbalari, suv soliterlari, suv borderlari, suv miksborderlari, suv rabatkalari). 5. Suv qurilmalari kompozitsiyalari (chashmalar, ariq va jilg‘alar, favvoralar, sharshara va kaskadlar, havzalar, ko‘priklar, sun’iy ko‘llar (prudlar), boshqa qurilmalar). 6. Topiar san’ati bilan bog‘liq landshaft kompozitsiyalar (mox, afagnum o‘simliklaridan topiar, o‘tsimon o‘simliklardan topiar, butalardan topiar, daraxtlardan topiar, quruq xas yoki toshlardan topiar). Topiar san’ati bilan bog‘liq landshaft kompozitsiyalar - daraxt va butalarni qirtishlab sun’iy shakl berish san’ati. O’simliklarga turli geometrik shakllar, hayvonlarning qushlarning, odamlarning shakllari va boshqa har xil turdagi shakllar beriladi. Gulli kompozitsiyalarni shunday yaratish lozimki, juda past gullarni ko’rish doirasiga yaqin, o’rtacha balandlikdagilarini sal nariroqda, baland va juda balandlarini gulzor o’rtasiga kichik guruhlar sifatida, ancha kattalarini gulzorning orqa planida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Gulzorlarni shakllantirishda ularning masshtabi va shakliga e’tibor berish, mayda murakkab islimiy elementlardan qochish, ranglar garmoniyasiga erishish va ularni yashil atrof bilan uyg‘unlashtirish katta ahamiyatga ega - birinchi o‘lchamdagi butalar - baland (3-5 m.): do‘lana, Semyonov zarangi (klen), g‘arb va sharq biotasi, sariq akas, qora marjondaraxt, Ginnal zarangi, sadaqayrag‘och, oddiy kalina va boshqalar; - ikkinchi o‘lchamdagi butalar - o‘rtacha (1-3 m): biryuchina, siren, beresklet va boshqalar; - uchinchi o‘lchamdagi butalar - past (0,5-1 m): Bumolda spireyasi, yapon spireyasi, lavanda va boshqalar. Landshaft kompozitsiyalari farq qilish (kontrast) yoki nyuans tamoyili bo‘yicha shakllanadi. 0 ‘simliklar landshaft kompozitsiyasiga biologik, funksional va arxitektura-badiiy talab hisobidan qat’iy tanlanadi. Landshaft dizaynning obyektlari shakllanishida ko‘proq quyidagi daraxt-butasimon guruhlar qo‘llaniladi: massivlar, landshaft guruhlari, yakka, (soliterlar), xiyobonga oid o‘simliklar, jonli devorlar, vertikal ko‘kalamzor hududlar, gulli bezaldar. Massivlar - sezilarli darajadagi maydonlarda o‘sadigan, bir navli yoki ko‘p navli daraxtlar va butalaming qo‘shilishi. Massivlar, qoidaga ko‘ra, ajratadigan va himoya qiladigan funksiyalami olib boradi, hududlami bo‘lishda, maskirovkalashda, dekorativ aktentlar fonini yaratishda tez o‘suvchi navlardan tanlab qo‘llaniladi (o‘tkir bargli zarang, emanlar, shumtollar, qoraqarag‘aylar va qarag‘aylar). Massivlar ikki turga ajratiladi: oddiy va murakkab. Oddiy massivlar bir turdagi daraxt balandligi bilan umumiy dekorativ belgilardan iborat bo‘ladi. Bunday massiv oddiy shumtol, bandli va qizil eman, oddiy qarag‘ay, o‘tkir bargli zaranglardan (klen) tashkil topishi mumkin. Murakkab massiv daraxtlar balandligining har xilligi dekorativ sifatlari turlicha bo‘lishidan iborat. Ikki yarusli massiv quyidagicha turkumlashdan iborat bo‘lishi mumkin: birinchi yarusda qayin; oddiy qoraqarag‘ay ikkinchi yarusda; birinchi yarusda oddiy qarag‘ay; maydabargli jo‘ka ikkinchida; birinchi yarusda bandli eman va ikkinchi yarusda oddiy grab yetilmagan
Atrof-muhitning yanada jozibador bo‘lishida har xil turdagi yaproq va nina bargli o‘simlik dunyosining o‘mi beqiyosdir. Yashil daraxtlarga, ko‘ehatlarga yaxshi sharoit yaratilganligi tufayli shahar muhitiga, joy xususiyati iqlimini yaxshilashga, muntazam namlik, havo tarkbiga, shamol rejimiga va boshqalarga ijobiy ta’sir etadi. Landshaft obyektlami shakllantirishda himoya va yashil daraxtlaming fazoviy-tashkiliy funksiyasidan foydalaniladi. Fazoviy modellashdagi asosiy komponent landshaft dizaynining vositalaridan foydalanib, o‘simliklami guruhlarga bo‘lish hisoblanadi. 0 ‘simliklar uch turga bo‘linadi: daraxtlar, butalar, o‘tsimon o‘simliklar. Daraxtlar shox-shabbaga, shoxsiz poyaga, ildizli sistemaga ega. Butalar va o‘tsimon o‘simliklar yer usti va yer osti qismlariga ega. Daraxtlar, baland-pastligiga qaramasdan, uch gumhga bo‘linadi: birinchi, ikkinchi va uchinchi o'lchamdagi o‘simliklar. Bunday gradatsiyada daraxtlardan, butalardan, o‘tsimon o‘simliklardan va gul turlaridan turli-tuman guruhlar, ko‘rinishlar yaratiladi. 0 ‘simliklar guruhi ulaming biologik xususiyati, arxitektura-badiiy tavsifini hisobga olib tanlanadi. Avvalambor, o‘simliklami tanlashda ulaming mahalliy iqlimga, tuproq sharoiti, namlikning havoga tegishliligi, insolyatsiya, o‘sish tezligi e’tiborga olinadi. Yana bir asosiy ko‘rsatkichga e’tibor qaratilishi kerak: o‘simliklami biror-bir hududda joylashtirishda ulaming bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashgan holda o‘sib-rivojlanishiga. Turli ko‘rinishdagi aralashtirishning umutniy tendensiyasi biomustahkam o‘simliklar turkumiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Yonma-yon joylashgan o‘simliklar bir-biriga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi, ya’ni yaqinida joylashgan o‘simlikning o‘sishi va dekorativ ko‘rinishiga yordam beradi. Biofizik o‘zaro ta’sir ko‘rsatish o‘simlikning yorug‘lik, issiqlik, ozuqa, namlik talab etishida aks etadi. Biokimyoviy o‘zaro ta’sir etish o‘simliklaming organlaridan ajralib chiqadigan almashuv moddalarining harakati tufayli vujudga keladi. Mikrotuproq sharoitlarini hisobga olish kerak. Turkumlashda o‘simlikning o‘sish teziligi va ko‘pga chidashini e’tiborga olish zarur. Shu munosabat bilan tez o‘sadigan turlami sekin o‘sadigan va yorug‘sevarlar bilan yonma-yon o‘tqazish mumkin emas. Yorug‘sevar butalami zich; tomiri bor daraxtlar ostiga ekish to‘g‘ri emas. Daraxtlar va butalaming yoshi bo‘yicha xususiyatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Landshaft kompozitsiyalarini shaklllantirishda alohida e’tibomi daraxtsimon butalaming o‘tqazish insolyatsiyasiga munosabati, yana ulaming o‘sish tezligiga qaratish zarur. Insolyatiya kartasining tahliliga ko‘ra, har qanday hududning juda yaxshi yoritilgan uchastkasini yorug‘sevar o‘simlik turlariga moslab (eman, zarang, shumtol bargli zarang, shumtol, terak, oddiy qarag‘ay, qora olxa va boshqalar) loyihalash kerak. Soya qilib turadigan uchastkalarda soyasevar o‘simliklami joylashtirish zarur (tatar va soxta kashtan, archa, jo‘ka daraxti, chinor, do‘lana, shilvi, kalina va boshqalar). O‘simlik dunyosining manzarali ko‘rinishiga tezda erishish uchun, asosan, quyidagi tez o‘sadigan o‘simliklardan foydalanish kerak: qayrag‘och, shumtol bargli va tatar zarang(klen), majnuntol, yashil shumtol, tikanli archa, oddiy qarag'ay, oq akas, biryuchina, do‘lana, maijon daraxti, bog‘ yasmini, shilvi, jiyda va boshqalar. Relyefning geolpastikasini bezatish uchun o‘simlikning ildizlari tizimi rivojlangan, ko‘p miqdorda shox hosil qiladiganlaridan uchastkalarda foydalanish mumkin. Bunday o‘simliklar qatoriga quyidagilar kiradi: dala zarangi, tatar zarangi, sariq akas, oddiy o‘rmon yong‘og‘i, irg‘ay, do‘lana, ingichka bargli jiyda, tikansimon gledichiya va boshqalar. Ko'kalamzor hududlami himoya qilishda daraxtlar va butalaming quyidagi navlarini qo‘llash tavsiya qilinadi: shovqindan saqlash uchun: oddiy eman, kumushbarg zarang, oddiy qayrag‘och, yirik bargli jo‘ka, oddiy qoraqarag‘ay, tatar zarangi, sariq akas; gazdan saqlash uchun: uchtikanli gledichiya, kulrang va qora terak, Kanada teragi, oq akas, oq tut daraxti,sabina archasi, oddiy biryuchina va boshqalar; changdan saqlash uchun: patsimon sershox qayrag‘och, majnuntol, kashtan, kumushrang bargli zarang, tatar, dala va o‘tkir bargli zarang, Kanada teragi, oq tut daraxti, yashil va oddiy shumtol, sariq akas, oddiy biryuchina, ingichka bargli jiyda, tobulg‘a; shamoldan saqlash va hududni soya qilish uchun zich shoxshabbali o‘simliklar tanlanadi: kashtan, o‘tkir bargli zarang, oddiy qoraqarag‘ay, bandli eman, kam bargli jo‘ka va boshqalar. 0 ‘simliklar turkumini tanlashda o‘simlikning qurilish elementlariga qarab arxitektura - badiiy xususiyati hisobga olinadi, ya’ni ulaming balandligi, shoxlaming shakli va barglaming tuzilishi. Awalambor, balandlik bo‘yicha farqni va turli daraxtlaming shox-shabbalari shaklining tuzilishini e’tiborga olish kerak. Daraxtlar balandiligi bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘linadi: - birlamchi o‘lchamdagi daraxtlar - balandligi (25m dbaland): oddiy qoraqarag‘ay, oddiy va Qrim qarag‘ayi, bandli eman, o‘tkir bargli zarang , yirik bargli jo‘ka (lipa), botqoq sarvi va lola daraxti; - ikkinchi o‘lchamdagi daraxtlar (o‘rtacha 10 m dan 25 m gacha): tog‘ va Eldor qarag‘ayi, virgin archasi, oq tut, go'zal katalpa, soxta kashtan, dala zarangi, kashtan, qora olxa, Amerika shumtoli va boshqalar; - uchinchi o‘lchamdagi daraxtlar (past bo‘yli 10 m dan past): Kanada qoraqarag‘ayi, tatar zarangi, yapon saforasi, ipak akas, arg‘uvon, majnuntol, oddiy archa va boshqalar. Manzarali-kompozitsion ko‘rinishini e’tiborga olib, 5 m dan past daraxtlami butalar bilan bir guruhga kiritish mumkin, ya’ni 0,5m dan 5m gacha balandlikka ega bo‘lgan (ingichka bargli jiyda, past bo‘yli yapon behisi va boshqalar). Butalami balandligi bo‘yicha ham uch guruhga bo‘lish mumkin: - birinchi o‘lchamdagi butalar - baland (3-5 m.): do‘lana, Semyonov zarangi (klen), g‘arb va sharq biotasi, sariq akas, qora marjondaraxt, Ginnal zarangi, sadaqayrag‘och, oddiy kalina va boshqalar; - ikkinchi o‘lchamdagi butalar - o‘rtacha (1-3 m): biryuchina, siren, beresklet va boshqalar; - uchinchi o‘lchamdagi butalar - past (0,5-1 m): Bumolda spireyasi, yapon spireyasi, lavanda va boshqalar. Landshaft kompozitsiyalari farq qilish (kontrast) yoki nyuans tamoyili bo‘yicha shakllanadi. 0 ‘simliklar landshaft kompozitsiyasiga biologik, funksional va arxitektura-badiiy talab hisobidan qat’iy tanlanadi. Landshaft dizaynning obyektlari shakllanishida ko‘proq quyidagi daraxt-butasimon guruhlar qo‘llaniladi: massivlar, landshaft guruhlari, yakka, (soliterlar), xiyobonga oid o‘simliklar, jonli devorlar, vertikal ko‘kalamzor hududlar, gulli bezaldar. Massivlar - sezilarli darajadagi maydonlarda o‘sadigan, bir navli yoki ko‘p navli daraxtlar va butalaming qo‘shilishi. Massivlar, qoidaga ko‘ra, ajratadigan va himoya qiladigan funksiyalami olib boradi, hududlami bo‘lishda, maskirovkalashda, dekorativ aktentlar fonini yaratishda tez o‘suvchi navlardan tanlab qo‘llaniladi (o‘tkir bargli zarang, emanlar, shumtollar, qoraqarag‘aylar va qarag‘aylar). Massivlar ikki turga ajratiladi: oddiy va murakkab. Oddiy massivlar bir turdagi daraxt balandligi bilan umumiy dekorativ belgilardan iborat bo‘ladi. Bunday massiv oddiy shumtol, bandli va qizil eman, oddiy qarag‘ay, o‘tkir bargli zaranglardan (klen) tashkil topishi mumkin. Murakkab massiv daraxtlar balandligining har xilligi dekorativ sifatlari turlicha bo‘lishidan iborat. Ikki yarusli massiv quyidagicha turkumlashdan iborat bo‘lishi mumkin: birinchi yarusda qayin; oddiy qoraqarag‘ay ikkinchi yarusda; birinchi yarusda oddiy qarag‘ay; maydabargli jo‘ka ikkinchida; birinchi yarusda bandli eman va ikkinchi yarusda oddiy grab yetilmagan
|
| |