• Tayanch tushunchalar
  • Shaxs psixologiyasi
  • MA’RUZA MASHG’ULOTI MAZMUNI




    Download 1.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/51
    Sana19.04.2023
    Hajmi1.76 Mb.
    #52700
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
    Bog'liq
    Shaxs psixologiyasi UMK
    IF719ZSuYKYdVAYGf3B4bI4jq3R5ykUwpBrupq6M
    MA’RUZA MASHG’ULOTI MAZMUNI 
     
    1-mavzu: Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari 
    Reja: 
    1. Shaxs psixologiyasining mavzu bahsi. 
    2. Shaxs ijtimoiy-psixologik fenomen to’g’risida.
    3. Psixologiya tarixida shaxsning o’rni. 
    4. Shaxsni etnik va gender jihatdan o’rganish.
    5. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari.
    Tayanch tushunchalar: shaxs, shaxs psixologiyasi, maqsad, vazifa, 
    predmet, obyekt, psixologiya fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
    Shaxs psixologiyasi muammosi qadimdan mavjud. Bu muammo Suqrot 
    davrida ham hozirgidek dolzarb bo’lgan. Shaxs psixologiyasi barcha gumanitar 
    sohalarning predmeti hisoblanadi. 
    Bu muammolarga psixologiya sohasi o’zining bir qator yechimlarini taqdim 
    etadi. Psixologiyaning har bir sohasi shaxsni o’rganishda o’z hissasini qo’shadi. 
    Amalga oshirilgan ko’p sonli tadqiqotlar natijasida shaxs psixologiyasi rivojlanib 
    bormoqda. 
    Shaxs psixologiyasi – shaxs individualligini o’rganadigan psixologiyasining 
    sohasi hisoblanadi. 
    Psixologiyaning ushbu sohasi psixologik bilimlarni analitik prinsiplar 
    asosida tushuntiradi. Analitik prinsiplarni qo’llash aniq ilmiy qiziqishlarning u 
    yoki bu psixologik omillarini tahlil qilishni bildiridadi. Xuddi shunday, 



    psixologiyaga oid mustaqil fanlar sifatida hissiyot psixologiyasi, motivatsiya 
    psixologiyasi, idrok psixologiyasi, tafakkur va boshqalar, shaxs psixologiyasiga 
    ajratiladi. O’rganish predmetidan biri shaxs hisoblanadi. 
    Shaxs nima? Bu so'z insoniyat madaniyatida taxminan 300 yil oldin paydo 
    bo'lgan. J.Brunerning fikricha, XVIII asrga borib taqaladigan "o’z-o'zi" 
    tushunchasidan foydalanishni "shaxs" tushunchasining kelib chiqishining belgisi 
    deb hisoblash mumkin. Ayni paytda, ispan faylasufi Baltazar, 17 asrda "shaxs" 
    tushunchasini butunlay zamonaviy ma'noda ishlatadi. 
    Psixologiyada shaxsning ko'plab ta'riflari mavjud. Bu ta'riflarning ko'pchiligi 
    uyg’unlik, belgilar tizimi, birlik, barqarorlik, ijtimoiylik, identiklik, individuallik 
    (yaxlitlik, o'ziga xoslik), ichki Men (avtonomiya, ijodkorlik) kabi xususiyatlarni 
    o'z ichiga oladi. Ko'pincha shaxs ong va o'zini anglash orqali namoyon bo’ladi. 
    Shveytsariyalik olim Rishar Meyli: “Shaxs deganda, har bir insonni 
    tasniflaydigan psixologik xususiyatlarning yig’indisini tushunamiz. Kengroq 
    ma’noda, shaxs termini xarakter, temperament, qobiliyatni o’z ichiga oladi”.
    Lekin shaxs – bu faqatgina xususiyatlarning yig’indisi emas. Gap quyidagi 
    xususiyatlar o'zaro ta'sirda o'ziga xos psixologik markazni, psixikaning o'ziga xos 
    sifati, menlik, o'z individual xususiyatlarini anglashni yoki A.Maslou, E.Erikson 
    va boshqa psixologlar tasdiqlagan xususiyatlar haqida bormoqda. Bundan kelib 
    chiqib, SHAXS deb o’zining menligiga ega bo’lgan, o’z irodasi orqali o’zini 
    boshqara oladigan va hatti-harakatini nazorat qila oladigan odamga aytiladi.
    20 asrning boshlarida rus psixiatri P.P.Viktorov shaxs tushunchasini o’z-
    o’zini anglash va ong (anglash) bilan bog’ladi: “Shaxs, individuallik, Men 
    psixologlarda tananing ichki muhitga munosabatni his qilish hamda tashqi 
    muhitga nisbatan munosabatni his qilish”. Psixolog F.Barron: “Inson shaxsining 
    farqli jihati fikrlashga va masalalarni hal qilishga qodir ongning mavjudligidir”. 
    Sotsiolog Ya.Shepanskiy: Ijtimoiylashuv jarayonida individ o’zining shaxsiy 
    ongini va shaxsiy Menini yaratadi. Har bir inson oilada, kasbiy faoliyatida, 
    do’stlar davrasida va h.k. da bajariladigan ijtimoiy rollarning miqdorini his qiladi. 
    Har bir inson o’z-o’zini tahlil qiladi, xuddi boshqalarga murojaat qilgani kabi 
    o’ziga murojaat qiladi. 

    Download 1.76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




    Download 1.76 Mb.
    Pdf ko'rish