2. Chaqaloqlar ko’ylagi ort bo’lak chizmasini modellashtirish.
BOG’CHA YOSHIDAGI QIZ BOLALAR KO’YLAGIGA TAVSIF
Ko’ylak paxta
tolali gazlamadan tikilib, yoqa o’mizi
dumaloq yoqasiz,
yengsiz, bel chizig’idan qirqma bo’lib ort bo’lak o’rta chizig’idan taqilma ishlanadi.
Old va ort bo’lak rel’ef qirqim orasiga qo’yma burma tikiladi.
Burmaga yig’ilgan yubka bel chizig’idan ko’ylak yuqori qismiga ulanadi.
Ko’ylak yoqa o’mizi, yeng o’mizi, burmali qo’yma qirqimi va etak qirqimi asosiy
gazlama rangiga mos mag’iz bilan ishlanadi. Ko’ylakni bezash uchun old bo’lak
o’rta qismiga applikatsiya tikiladi. Bel qismidan belbog’ bilan bog’lanadi.
Tavsiya etilayotgan ko’ylak o’lchovi 104-30;
Qomat o’lchamlari:
1. Ko’ylak uzunligi -50 sm
2. Ko’krak aylanasi –30 sm
3. Bo’yin aylanasi –13,5 sm
4. Yelka kengligi –9 sm
5. Ort bo’lak belgacha uzunligi –26 sm.
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi asos chizmasini chizish va model
chiziqlarini o’tkazish