• Gigienik sabablar
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/85
    Sana30.01.2024
    Hajmi4,42 Mb.
    #148264
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
    Bog'liq
    Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

    Tashkiliy sabablar: 
    - xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfi bo‘yicha yo‘riqnomaning 
    umuman o‘tqazilmaganligi va sifatsiz o‘tazilganligi; 
    - ish joylari, yo‘lak va transport yo‘llarining to‘silib qolishi; 
    - ish vaqtidan tashqari ishlash; 
    Gigienik sabablar 
    - oqava suvlaridagi va hhavodagi zararli moddalarning yuqori konsentratsiyasi 
    mavjudligi;
    - yoritilganlikning etarli emasligi yoki ularning noqulay o‘rnatilganligi; 
    - sexlarda shovqinning me’yoridan ortiq bo‘lishi; 
    - har bir ishchiga to‘g‘ri kelishi kerak bo‘lgan maydon va hajm bo‘yicha qurilish 
    me’yorlarining buzilishi; 
     
    Texnik sabablar: 
    - uskuna va mexnizmlarning nosozligi; 
    - mashinalarning xavfli joylarining to‘silmaganligi; 
    - og‘ir va sermehnat ishlarning etarli mexanizatsiyalashtirilmaganligi; 
    Ruhiy – fiziologik sabablar: 
    - haddan ortiq charchash; 
    - ishning og‘irligi; 


    - ishning monotonligi
    - ishlab-chiqarish va mehnat intizomining buzilishi; 
    - ishchining nosog‘lomligi; 
    Kasb kasalliklari mehnat qobiliyatinin pasayishiga, o‘tkir va surunkali 
    zaharlanishning avj olishiga, umuman kasalliklarning ko‘payishiga, uzoq muddat 
    o‘tgandan keyin paydo bo‘ladigan yomon asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. 
    CHarchashning tez yoki sekin ro‘y berishi mehnatning xususiyatga bog‘liq: 
    kishi bir tarzda turib muskullariga zo‘r keladigan ish bajarganda ancha tez, bir 
    tekisdagi ish bajarganda birmuncha sekin toliqadi.
    CHarchashning oldini olish uchun bekorchi harakatlarni bartaraf qilishga, ish 
    o‘rinlarining ratsional tashkil etilishiga, ish vaziyatiga va mashqqilinishiga katta 
    e’tibor berish kerak. Tikuvchining gavdasi stol chetidan 10 – 15 sm. narida turishi, 
    tikayotgan detal bilan ko‘zi orasidagi masofa taxminan 30 –35 sm. bo‘lishi kerak. 
    Tirsagi stol satida bo‘lib, qo‘l panjalari mashina platformasida turishi lozim, oyoq 
    muskullari zo‘riqishini kamaytirish uchun oyoq tagiga taglik qo‘yiladi, mashina 
    tepkisining oldingi tomoni poldan 220 mm. baland turishi, tepki 20 gradus burchak 
    ostida qogan bo‘lishi, oyoq qulay harakatlanishi, tepkining oldingi chetidan stul 
    o‘rindiining orqa chetigacha bo‘lgan oqraliq (gorizontal bo‘lib) 650 mm. dan 
    oshmasligi lozim. 
    Ish joylarida mikroiqlim omillari- arorat, nisbiy namlik, hhavoning tezligi 
    hamda atmosfera bosimi tashkil etadi. Bunday muhit kishi organizmiga salbiy ta’sir 
    ilib, uni sovutib yoki isitib yuboradi. 
    Kishi organizmining me’yoriy harorati 36 –37 gradus bo‘ladi. Organizm o‘zi 
    uchun zarur bo‘lgan haroratni ta’minlab turish qobiliyatiga ega. 
    Sex hhavosining harorati yuqori bo‘lganda qon tomirlar kengayib, teriga qon 
    me’yoridan ko‘p kela boshlaydi va atrof muhitga issilik uzatish birmuncha 
    ko‘payadi. SHuning uchun issiqsexlarda sal sho‘rlangan gaz suvlar beriladi. 
    Sexlardagi hhavo harorati pasayganda, qon tomirlar torayib, teriga qonning 
    kelishi susayadi va tananing tashqi muhitga issiqlik berishi kamayadi. Kishi o‘zini 
    yaxshi his qilishi uchun harorat.


    Odamlar bino ichida uzoq vaqt bo‘lganlarida bino hhavosi og‘irlashadi. 
    SHuning uchun binoni shamollatib, hhavosini almashtirish, iflos hhavoni chiqarib, 
    tozasini kiritish zarurati tug‘iladi. 
    Sex havosini shamollatish tabiiy va mexanik bo‘ladi. Mexanik shamollatish 
    vyontilyator va konditsionerlar bilan amalga oshiriladi. Agar havoni almashtirish 
    fortochka, deraza yoki devor teshiklari oqrali amalga oshirilsa, tabiiy shamollatish 
    deyiladi. 
    Ishlab chiqarish jarayonida sexlarda chang ajralib chiqadi. Kishi bunday 
    hhavodan nafas olganda yuqori nafas yo‘llari qichiydi va kishi o‘zi xoxlamagan olda 
    yuzaki nafas oladi, bu esa o‘pka faoliyatia salbiy ta’sir qiladi va turli kasalliklarni 
    keltirib chiqaradi. CHang ko‘z shilliq pardalarini qichishtirib, konyuktivit
    kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari chang zarrachalari tuberkulyoz 
    tayoqchalarini va zararli bakteriyalarni tashuvchi vositadir. U lampalar ustiga o‘tirib, 
    sexdagi yorug‘likni kamaytiradi, bu esa ishchilar faoliyatia va sog‘ligiga ta’sir 
    qiladi. 
    Sexdan shamollatish sistemasi oqrali so‘rib olingan hhavo atmosferaga 
    chiqarib yuborishdan oldin zararli moddalardan tozalanadi, retsirkulyasiya uchun 
    sexga qayta yuboriladigan hhavoda zararli moddalarning miqdori 0,3 YKBK dan 
    oshmasligi kerak. Hozirgi kunda changli havoni tozalovchi uskunalarning ko‘plab 
    turlari mavjud. 
    Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar 
    etkazmasligi uchun u ko‘zni zo‘riqtirmaydigan, ish vaqtida xonaning hamma 
    qismlarida bir tekis taqsimlangan bo‘lishi talab qilinadi. YOrulik ko‘zni 
    qamashtirmaydigan bo‘lishi, yorug‘lik nurlari ko‘zga to‘ridan –to‘ri to‘shmasligi 
    kerak. 
    Ma’lumki, tabiiyyorug‘likmanba- quyoshdir. Sun’iy yorug‘lik manbai esa 
    elektr energiyasi bo‘lib, u cho‘g‘lanma va lyuminetsent lampalar orqali amalga 
    oshiriladi. 
    Lyuminetsent lampalar ishchilarni kamroq toliqtiradi, ranglarni idrok qilish 
    qobiliyatlari ortadi. 


     Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo‘shilib 
    eshitilishi shovin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa 
    tarang muhitdan kelib chiqadigan to‘lqinsimon harakatlardan iborat. SHovin kasbiy 
    kasallikka olib kelishi mumkin.
    SHovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, hazm qilish (oshqozon 
    shirasi sekretsiyasining o‘zgarishi), qon aylanishi (qon bosimining ko‘tarilishi) va 
    shunga o‘xshashlarning normal faoliyati buziladi. SHu bilan birga gaz va 
    suyuliklarning harakati natijasida ham shovqin chiqishi mumkin. 
    Ishlab chiqarishda maxsus shovqin yutuvchi vositalar ishlatiladi. CHunonchi, 
    poydevorlarni amortizatsiyalovchi, tovush o‘tqazmaydigan va tovush yutuvchi 
    qurilish materiallaridan o‘rish, tovushni izolyasiyalovchi to‘siqlar va qoplamalar 
    ishlatish, mashinalarni izolyasiyalash (ularni germetiklash) va boshqalar yordamida 
    shovqin birmuncha pasaytiriladi. 
    Titrash kishi organizmiga salbiy ta’sir qiladi,natijada ish unumdorligini 
    pasaytiradi, ko‘pincha og‘ir kasbiy kasallik - titrash kasalligiga olib keladi. SHuning 
    uchun titrashga qarshi tadbirlarga alohida ahamiyat beriladi.
    Titrash kasalligi kasbiy kasalliklarga kiradi. Titrash kasalligini davolash 
    uzoq muddatga cho‘zilishi mumkin. Kasallik ko‘p hollarda o‘tib ketsa, nogironlikka 
    olib kelishi mumkin. 
    Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish quyidagi usullarda olib 
    boriladi:
    - rezonans holatidan chiqarish ; 

    titrashni dempferlash; 

    titrashni dinamik so‘ndirish; 

    titrashni shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash; 
    qo‘lni titrashdan saqlash uchun maxsus qo‘lqoplar ishlatiladi. 
    Elektr tokidan shikastlanish ( tok urishi) ishlab chiqarishda ko‘p kuzatiladi. 
    Elektr toki organizm orqali o‘tganda issilik, elektrolitik va biologik ta’sir ko‘rsatadi. 
    Issiqlik ta’siri badanning ayrim joylarining quyishi, qon tomirlari, asab va 
    boshqa to‘qimalarning qizishi bilan xarakterlanadi. Elektrolitik ta’sir qonning va 


    boshqa organik suyuqliklarning o‘rishiga va ularning fizik-ximik tarkibining 
    buzilishiga olib keladi. 
    Tok urgan joyga birinchi etib kelgan kishi hammadan avval shikastlangan 
    kishini tok ta’siridan utarishi (rubilnikni ajratib qo‘yish, simni qirqish, tayoq bilan 
    simni urib tushirish) lozim. Tokni uzib qo‘yishning iloji bo‘lmasa, shikastlangan 
    kishining badaniga tegmasdan, ustki kiyimlaridan ushlab, qo‘lga rezina qo‘lop kiyib,
    avtomobil shinasi, taxta, quruq latta ustiga chiqib, yoki rezina poyabzal kiyib 
    shikastlangan kishini, tok ta’siridan xavfsiz joyga olib chiqish kerak. So‘ngra zudlik 
    bilan tez yordam mashinasini chaqirish lozim. SHikastlangan kishini «Og‘izdan – 
    og‘izga» yoki «Og‘izdan – burunga» puflash usulida nafas qoldirishga harakat 
    qilinadi, yurak yopiq massaj qilinadi. 

    Download 4,42 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish