• Ag’darma chok
  • Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/85
    Sana30.01.2024
    Hajmi4,42 Mb.
    #148264
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85
    Bog'liq
    Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

    Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi 
     
    Ziy choklar detal qirqimlarini titilib ketishidan saqlash va yoqa, bort, 
    cho’ntak, yeng uchi, kiyim etagi kabi detallar chetlarini tikishga mo’ljallangan 
    bo’lib, uning bukma chok, mag’iz chok, ag’darma chok turlari bor. 
    Bukma chok ochiq qirqimli, yashirish qirqimli va mag’izli bo’ladi. Ochiq 
    qirqimli chok qalin gazlamalardan kiyim tikishda ishlatiladi. Yopiq qirqimli bukma 
    chok erkaklar kuylaklari, ayollar kuylaklari tikishda, ayollar kuylaklari etagini, yeng 
    uchlarini, choyshab chetlarini tikish kabi ishlarda qo’llaniladi. Bunda tikilayotgan 
    detal uchini ikki qavat qilib bukib, yashirin qaviq bilan yoki universal mashinada
    bostirilib tikiladi. Mag’iz qirqimli bukma chok ust kiyimlarni tikishda, yupqa palto 
    etaklari kabilarni tikishda ishlatiladi. Bunda asosiy detalning o’ngiga tasma qo’yib 
    yoki maxsus gazlama parchalaridan mag’iz qo’yib 0,3-0,4 sm kenglikda ulanadi. 
    14 - rasm. Bukma chok 
    turlari 
     
    Mag’iz chok ochiq qirqimli va tasmali bo’ladi. Ochiq qirqimli mag’iz chok 
    adip ichki qirqimlariga, kiyim etaklariga, mag’iz qo’yish, kiyimlarni bezash, astarsiz 


    kiyimlar qirqimlarini mag’izlash uchun ishlatiladi. Ochiq qirqimli mag’iz chok 
    tikilayotganda, mag’izga ishlatiladigan gazlamadan o’rish ipiga yoki arqoq ipiga 
    nisbatan 45gradus burchak hosil qilib, qirqib olingan parchaning o’ng tomoni asosiy 
    detalning o’ngiga qaratib qo’yiladi, detal qirqimidan 0,3-0,4 sm kenglikdagi chok 
    bilan ulanadi. Yopiq qirqimli mag’iz chok ayollar kuylaklari va ich kiiymlar 
    detallariga, yoqa o’mizlariga mag’iz qo’yish uchun ishlatiladi. 
    15 - rasm. Mag’iz chok turlari 
    Ag’darma chok kantli, ramkali, qaytarma kantli bo’ladi. Ag’darma chok 
    biriktirma chokning bir turi bo’lib cho’ntak qopqoqlarini, yoqalarni, bortni izma 
    kabi detal chetini tikishda ishlatiladi. Kantli ag’darma chokda (16 rasm a-b) 
    detallarning biri ikkinchisidan 0,1-0,3 sm ochibroq bukilgan bo’ladi. Ramkali 
    ag’darma chok (16-в rasm) pidjak cho’ntaklari, kuylakning tugmalanadigan joylari 
    kabilarni tikishda ishlatiladi. 
    16 - rasm. Ag’darma chok turlari. 
    Qaytarma kantli ag’darma chok yoqalarini, kuylak bortlarini bezashda va 
    muayyan xizmatdagi formalarni tikishda ishlatiladi. Qaytarma kantli ag’darma chok 


    tikilayotganda qaytarma gazlamani, ya‘ni eni 2,5-3 sm gazlama parchasini ikki 
    bukib detallardan birining o’ngiga ulanadi. 

    Download 4,42 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi

    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish