Dars maqsadi: Mashinada bajariladigan baxya va baxyaqatorlari turlari bilan
tanishtirish, ularning ishlatilish sohasi va tikilish texnologiyasi haqidagi bilimlarni
shakllantirish.
Tayanch iboralar: biriktirma chok, yorma chok, quyma chok, bostirma chok,
tutashtirma chok, qo’sh chok,
ichki chok, ziy choklar, mag’iz chok, ag’darma chok,
bukma chok, taxlama, bo’rtma chok.
Reja:
1. Mashina choklari turlari.
2. Birlashtiruvchi choklar tuzlishi va ishlatilish sohasi.
3. Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi.
4. Bezak choklari va qo’llanish sohasi.
Mashina choklari turlari
Kiyim choklari kiyim qismlarining ip yoki sim yordamida birlashgan joylari
demakdir. Mashina choklari konstruktsiyasi va vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga
bo’linadi: birlashtiruvchi chok- kiyim detallarini birlashtirishga, ziy chok -detal
ziylarini ishlashga va qirqmalarini titilib ketishidan saqlashga, bezak choklar.