Birlashtiruvchi choklar tuzilishi va ishlatilish sohasi
Biriktirma chok tikuvchilikda eng ko’p tarqalgan chok bo’lib, detallarning
yon, yelka va boshqa qirqimlarini birlashtirish uchun ishlatiladi.
U yorib yoki bir
tomonga yotqizib dazmollanadi. (8 - rasm)
8 - rasm . Biriktiruvchi chok turlari
Yorma chok bir vaqtning o’zida ham biriktiruvchi,
ham bezovchi chok
xizmatini o’taydi. Bunday chokni bajarish uchun detallarni biriktirma chok
bilan
tikib olib, shu chok ikki tomonga yotqiziladi va gazlama o’ngi tomonidan biriktirma
chokning ikki yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.
Quyma chok ochiq qirqimli bo’lishi mumkin. Quyma chok hosil qilish uchun
bir detal ikkinchisining ustiga 1 sm o’tkazib tikiladi. Chokning vazifasi va gazlama
turiga qarab, bezak baxyaqatorlar kengligining 0,5-1,5 sm ko’proq’i bukiladi. Bezak
baxyaqator esa kiyim fasoniga qarab detalning bukilgan chetidan 0,2-0,5 sm
masofada bo’ladi.(9-rasm)
9 - rasm. Qo’yma chok
Bostirma chok biriktirma chokning bir turi bo’lib, paltoning yon, ort bo’lak
o’rtasidagi choklarini tikish uchun ishlatiladi. Bostirma chok ochiq qirqimli yoki bir
qirqimli yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq qirqimli bostirma chok detallar o’ngi bilan
bir-biriga qaratilib, bezakbaxyaqator kengilining 0,5 sm ortiq chok solib biriktiriladi.
Yopiq qirqimli bostirma chok tikish uchun detallar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki
detal ustki detal qirqimiga nisbatan baxyaqator kengligidan oldinroq chiqarilib
ustma-ust qo’yiladi. (10 - rasm
.)
10 - rasm. Bostirma chok
Tutashtirma chok yupqa gazlamalardan
tikiladigan kiyimlar bort
qotirmasining qism va vitochkalarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Ikki detal
qirqmalarini
bir-biriga taqab, kengligini 2-2,5 sm bir tomoniga yelim surtilgan
gazlama taglik ustiga qo’yiladi va dazmollab yopishtiriladi.
Qo’sh chok (11 - a-rasm) ust kiyimlarini astarsiz
yoki faqat belgacha
tushadigan qilib tikishda, cho’ntak
xaltalarini tikish, shuningdek ko’rpa- yostiq
jildlari, choyshablar tikish uchun ishlatiladi. Qo’sh chok hosil qilish uchun, detallar
teskari
tomonlari bir-biriga qaratilib, 0,3-0,5 sm kenglikda biriktirma chok bilan
tikib olinadi, keyin detallarning o’ngi ag’darilib ,detallar chetidan 0,6-0,7 sm
masofada ikkinchi qator tikiladi.
11- rasm.Qo’sh chok
Ichki chok ich kiyimlar va ip gazlamalardan
astarsiz kiyimlar tikishda
ishlatiladi. Detallar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki
detal chetini ustki detalga
nisbatan 0,5-0,7 sm oldinroq chiqarib ustma-ust qo’yib tikiladi, keyin detallar orasi
ochiladi, o’ngini pastga qaratib yoziladi, ostki detalning oldinroq chiqarilgan cheti
bukilib tekislanadi va bukilgan chetidan 1-1,5 sm 2 qator tikiladi. (12 - rasm)