Konstruktsiya jihatdan yenglar o'tqazma, reglan, yaxlit bichilgan va
kombinatsion yenglarga bo'linadi. Yeng uzunasidagi choklar soni bo'yicha: yakka
chokli yeng, ikki chokli yeng va uch chokli yenglarga bo'linadi. Modelda
mo'ljallanganiga muvofiq yeng uchi xlyastikli, bo'rtma chokli, manjetsiz, o'tqazma
manjetli, qaytarma manjetli, astarli yoki astarsiz bo'lishi mumkin.