45 – rasm. Shim taqilmasiga “molniya” tasma qo’yib tikish.
Shimning yuqori qismiga ishlov berish usullari
Shimning belbog’iga ishlov berishda, kamar tutkich bo’lagini ag’darma chok
bilan ,qo’yma bostirma chok bilan maxsus mashinada, kengligi belgilangan holda
birlashtiriladi. Old bo’lakni ort bo’lak bilan o’ngini o’ngiga qo’yib, 1 sm kenglikda
yon qirqimi birlashtiriladi va chok yorib dazmollanadi.
Bel aylanasi belgilangan
holda ort bo’lakda o’rta chok o’rni belgilanadi. Kamar tutkichni yon cho’ntakni
yuqorisiga old bo’lakning taxlama o’rniga, ort bo’lakning vitochka o’rniga qo’yib
puxtalanadi. Belbog’ni astar va qotirma bilan ishlov berilsa, birdan astar qotirmaga
biriktiriladi va shu chok
atrofida astarni aylantirib ,ustidan
bostirma chok tikib
dazmollanadi. Belbog’ni shimning yuqori qismiga 0,7-0,8
sm kenglikdagi chok
bilan biriktiriladi va chok yorib dazmollanadi. Belbog’ni kengligi teskari tomondan
belgilanib, birlashtirma chizig’i chiziladi va shu chiziq ustidan qotirma bilan astarni
o’ngini o’ngiga qo’yib birlashtiriladi.Tugma joyi bilan belbog’ burchagi chokka 0,-
0,3 sm qoldirib kertim beriladi va o’ngini o’ngiga ag’darib burchaklari to’g’rilanadi.
Belbog’ tomonidan 0,2-0,3 sm ziy chiqarib dazmollanadi. Belbog’ni biriktirma chok
ustidan bostirma bezak chok bilan astar qayirmani biriktiradi. Belbog’ namlab isitib
dazmollanadi.