Bort kiyimning ko’p mehnat talab qo’iladigan va eng mas’uliyatli qismidir.
Uni tikish nihoyatda ko’p operasiyalarda iborat. Kiyimni tashqi ko’rinishi va
umuman qanchalik sifatli bo’lishi ,ko’p jihatdan bort tikish sifatiga, uning
konstruksiyasiga, tikish texnologiyasiga va uni tikishda qanday yordamchi
materiallar ishlatilganiga bog’liq bo’ladi.
Bort qotirmasi old bo’lakning shakli buzilib ketmasligi uchun xizmat qiladi.
Kiyimning turiga va modeliga qarab ,bort qotirmasi qo’shimcha qatlamlar qo’yib
yoki qo’shimcha qatlamlar qo’ymay tikiladi.