ga teng bo’lishi kerak. Keyin bort qotirmasiga dazmolda yoki maxsus yostiqlari bor
pressda namlab– isitib ishlov beriladi.
Dazmolda ishlov berishda, o’ng va chap tomon bort qotirmalari ularning qil
qatlamlari ichkariga qaratib juftlanadi. Keyin namlab, ikkala qotirma tomonidan
kirishtirib dazmollanadi, shunda ikkila bort qotirmasi simmetrik bo’lib chiqadi va
ularning hosil qilingan shakllari turg’un bo’lib qoladi.
47 – rasm. Bort qotirmasini tikish
a – qil qatlam va yelka
taglik qo’yib tikiksh
b – qil qatlam va ikkinchi
qotirma qatlam qo’yib
tikish
в – yelka taglik qo’yib qil
qatlamsiz tikish
Pressda ishlov berishda ikkala bort qotirmasi, ularning qil qatlamlari ichkariga
qaratib juftlanadi. Press ostki yostig’ining bo’rtgan joyiga bort qotirmalarining
bo’rtgan joyi to’g’rilab qo’yiladi. Keyin presslansa, bort qotirmasining
mo’ljallangan shakli hosil bo’ladi.