• Yelimlab ulash usuli.
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/85
    Sana30.01.2024
    Hajmi4,42 Mb.
    #148264
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85
    Bog'liq
    Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

    Ko’klab ulash usuli. Old bo’lak bort qotirmasining qil qatlami ustunga 
    qo’yilib, old bo’lak bilan bort qotirmasining chetlari va ko’krak bo’rtmalari bir-
    biriga moslanadi. Old bo’lak o’ngidan bostirib ko’klanadi.
    49 – rasm. Old bo’lakka bort qotirmasini: 
    a – ko’klab 
    ulash 
    в – yelimlab 
    ulash 
    Ikkinchi baxyaqator yoqa o’miziga, adip qaytarmasining qayrilgan ziyiga va 
    bort chetiga parallel qilib,ulardan 3-4 sm masofada yuritiladi. Uchunchi baxyaqator 
    yelka qirqimidan 5-6 sm pastroqda o’mizning qirqimidan va bort qotirmasining 
    ichki qirqimidan 3-4 sm narida, shu qirqimlarga parallel qilib yuritiladi. 
    Bort qotirmasi yoqa o’mizining cheti, yelka cheti, o’miz cheti va bort cheti 
    bo’ylab old bo’lakka moslab qirqiladi. Adip qaytarma qaviq qirqilgandan keyin, har 
    qaysi old bo’lak uning qotirmasi tomondan yuqorida ko’rsatilganidek, to’rt 
    bosqichda dazmollanadi.


    Yelimlab ulash usuli.Yelimlab ulashdan oldin, ikkala old bo’lak ularning 
    teskarisi tashqarisiga qaratilib juftlanadi, ustiga andaza qo’yib, yoqa o’mizining , 
    adip qaytarmasi, borti va etagining konturlari aniq belgilab chiqiladi. Old bo’laklar 
    cheti bichish mashinasida yoki qaychida belgi chiziqlar bo’ylab qirqib tashlanadi. 
    (49 – b rasm) 
    Old bo’lakka bort qotirmasi quyidagicha yelimlab ulanadi: 
    1.Old bo’lakning yuqori vitachkasi va bo’rtma choki bor joylariga teskarisi 
    tomondan yelka qirqimidan 7-8 sm qochirib yelim plyonka qo’yiladi; 
    2. Old bo’lak bilan bort qotirmasi maxsus yostiqlari bor pressda ulanadi. 
    Buning uchun, old bo’lak teskarisi yuqoriga qaratilibmoslanib qo’yiladi. Bunda, 
    qotirma bilan old bo’lak chetlari ulanish oldidan qirqib qo’yilgan bo’lsa, bort 
    qotirmasiga qo’yilgan uqaning chetlari old bo’lak qirqimlaridan quyidagicha 
    oraliqda joylashtiriladi: 
    a) Bort chetlari uqaga yaqinlashtirilib, ag’darma chok bilan tikiladigan bo’lsa, 
    yoqa o’mizida 0,7-1 sm, adip qaytarmasi uchi va adip qaytarmasidan 0,5 sm , bortda 
    0,7 sm, etakda , etakning bukish chizig’i bo’ylab; 
    b) Bort chetlari uqa ustidan ag’darma chok bilan tikiladigan bo’lsa, yoqa 
    o’mizida 0,6-0,9 sm, adip qaytarmasi uchidan, adip qaytarmasida, bortda 0,4 sm, 
    etakda etakning bukish chizig’idan 0.4 sm pastda bo’ladi. 
    Old bo’lakka bort qotirmasi, izmalar teshigiga qo’yilgan gazlamalar 
    parchalari, yon cho’ntak bo’ylamasi presslab yopishtiriladi. Bort qotirmasining adip 
    qaytarma qismi oldindan qotirmaga yopishtirmagan bo’lsa, old bo’lakka qabariq 
    shaklidagi maxsus yostiqli pressda yopishtiriladi. 

    Download 4,42 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish