hosil qilinadi. Taqilmasi yuqorigacha yetadigan kiyimlarda old bo’laklardan 0,1-0,2
sm kenglikda kant hosil qilib, adip tomondan bort ziylari ko’klanadi. Adipning ichki
cheti maxsus mashinada, qirqimidan 2-3 sm masofada baxyaqator yuritib old
bo’lakka ilintirib ko’klanadi.
Bort ziyiga yolg’on qaviq bilan ishlov berishda, ziy yashirin baxyali maxsus
mashinada, qo’lda yashirin qaviq bilan yoki yelim plyonka bilan mahkamlanadi. Bu
operatsiya bort ziyi ko’klanganda, hamda kiyim etagi bukib ko’klangandan keyin
bajariladi.
Ziy yelim plyonka bilan ishlanganda ,old bo’lak teskarisiga uning ag’darma
chokidan 0,1 sm masofada yelim plyonka qo’yiladi. Buning uchun ,bort ag’darma
chok bilan tikilayotganda, kengligi 0,3-0,4 sm chok haqi qoldiriladi. Kiyim
etagining teskarisiga uning bukish haqi chizig’idan bukish haqi tomondan 0,1 sm
qoldiriladi. Kiyim etagining teskarisiga, uning bukish haqi chizig’idan bukib
ko’klangandan keyin maxsus mashinada yoki qo’lda yolg’on qaviq solinadi.
Bort ziyiga o’rgimchak uya yelimli material qo’yib ishlanganda, bort bilan
adip uchlari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi. Bort bilan adip qaytarmasi ziylarini
ko’klayotganda, kengligi 1-1,5 sm bo’lgan o’rgimchak uya yelimli materialni chok
haqi tagiga qo’yib ketiladi.
Bort chetlari dazmollangan paytida, bu yelimli material asosiy materialga
yopishtirib bort ziylarini va etak bukish haqini mahkamlaydi.
Bortning chetlariga uzil-kesil shakl berish uchun namlab-isitib ishlov beriladi.
Kiyim chetlari bo’lib-bo’lib presslanadi. Adip qaytarmasi old bo’lak tomondan, bort
esa adip tomondan taqilma yuqori izmasidan boshlab, kiyim etagigacha presslanadi.
Bortning bezak baxyaqatorini yoqasi avrali gazlamadan bo’lgan kiyimlarda kiyimga
yoqa o’tkazikgandan keyin ,ayni vaqtda bortni, adip qaytarmasini yoqaning cheti
bo’ylab yuritish, mo’yna yoqali kiyimlarda esa yoqaning kiyimga o’tkazishdan oldin
yuritish tavsiya etiladi.