41 – rasm. Shim
tugma joyini
tikish
42 – rasm. Shim
gulfigini bostirma
chok bilan tikish
43 – rasm. Chap
old bo’lak
taqilmasini tikish
44 – rasm. Tugma
joyini shimning
o’ng old bo’lagiga
ulash
Erkaklar shimining “molniya” tasmali taqilmalarini tikish. (45 - rasm)
Tugma joyini shimni old bo’lagiga biriktirish uchun ,tugma joyini tugma joyi astari
bilan 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi va o’ngiga ag’darib avra
tomondan 0,1-0,2 sm da ziy chiqarib dazmollanadi.
Tugma joyini taqilmaga 0,5-0,7 sm kenglikda
biriktiriladi va chok yorib
dazmollanadi,tugma joyi astari ichki qirqimi 0,7-1
sm kenglikda bukilib ,ustidan
biriktirma chokka 0,1 sm kenglik bilan bostirib chok tikiladi.Tugma
joyi pressda
dazmollanadi.. Andoza orqali tugma o’rni belgilanadi va tugma taqiladi.
Tugma joyini“molniya” tasmali ishlov berishda, karsaj lenta tugma joyining
tashqi qirqimiga 0,5 sm da qo’yiladi va ustida qo’yma chok bilan birlashtiriladi.
Avradan ziy chiqarib dazmollanadi. Karsaj lenta bilan
tugma joyini ichki qirqimi
maxsus mashinada yo’rmalanadi va kichik moslama yordamida, taqilma ichkariga
bukilgan holda, uning tagiga tugma joyi qo’yilib bir vaqtning o’zida bostirma chok
bilan biriktiriladi.
45 – rasm. Shim taqilmasiga “molniya” tasma qo’yib tikish.
Shimning yuqori qismiga ishlov berish usullari
Shimning belbog’iga ishlov berishda, kamar tutkich bo’lagini ag’darma chok
bilan ,qo’yma bostirma chok bilan maxsus mashinada, kengligi belgilangan holda
birlashtiriladi. Old bo’lakni ort bo’lak bilan o’ngini o’ngiga qo’yib, 1 sm kenglikda
yon qirqimi birlashtiriladi va chok yorib dazmollanadi.
Bel aylanasi belgilangan
holda ort bo’lakda o’rta chok o’rni belgilanadi. Kamar tutkichni yon cho’ntakni
yuqorisiga old bo’lakning taxlama o’rniga, ort bo’lakning vitochka o’rniga qo’yib
puxtalanadi. Belbog’ni astar va qotirma bilan ishlov berilsa, birdan astar qotirmaga
biriktiriladi va shu chok
atrofida astarni aylantirib ,ustidan
bostirma chok tikib
dazmollanadi. Belbog’ni shimning yuqori qismiga 0,7-0,8
sm kenglikdagi chok
bilan biriktiriladi va chok yorib dazmollanadi. Belbog’ni kengligi teskari tomondan
belgilanib, birlashtirma chizig’i chiziladi va shu chiziq ustidan qotirma bilan astarni
o’ngini o’ngiga qo’yib birlashtiriladi.Tugma joyi bilan belbog’ burchagi chokka 0,-
0,3 sm qoldirib kertim beriladi va o’ngini o’ngiga ag’darib burchaklari to’g’rilanadi.
Belbog’ tomonidan 0,2-0,3 sm ziy chiqarib dazmollanadi. Belbog’ni biriktirma chok
ustidan bostirma bezak chok bilan astar qayirmani biriktiradi. Belbog’ namlab isitib
dazmollanadi.