1-rasm. Ustki qismda kattalashtirilgan hajmli englar ishlanmasi: a,v – kesiklar chizig‘ini solish; b – eng qiyamasi bo‘yicha burmalar hosil qilish; g
– taxlamachalar hosil qilish
Pastga bir tekis kengaytirilgan eng uchun ajratishlar bir xil kattalikda
bo‘lishi kerak, orqa tomondan ko‘proq kengaytirilgan eng uchun ajratishlar bir xil
bo‘lmaydi: old va o‘rta – kamroq, tirsakdagi – ancha kattaroq.
Butun uzunlik bo‘yicha bir tekis kengaytirilgan englar. Eng qiyamasi va pasti
bo‘yicha bir tekis burma bilan bajariladi va manjet yoki rezinka bilan tugatiladi.
Ularni to‘g‘ri eng asosida modellashtiriladi, o‘rta chzig‘ bo‘yicha kesiladi va
burmalar istalgan miqdoriga qarab 6-12 sm ga suriladi. Eng uchida tushib turish
hosil qilish uchun 3-6 sm qo‘yim beriladi.
Ustki qismida tor va pastga qarab kengaytirilgan eng shaklan qiziqarli (2-rasm).
U ham to‘g‘ri eng asosida modellashtiriladi. Bu maqsadda eng qiyamasi uchidan
(O
2
nuqtadan) pastga vertikal bo‘yicha eng old kesiki bo‘yicha 6-8 sm, orqa kesiki
bo‘yicha 4-6 sm qo‘yiladi. Topilgan nuqtalar orqali eng o‘mizining pasaytirilgan
chizig‘i belgilanadi. Engning qolgan qismi 8 qismga bo‘linadi (har bir
yarimtalikka 4 qismdan).
Eng belgilangan chiziqlar bo‘yicha kesiladi va har bir hosil qilingan qism eng
qiyalamasining pasaytirilgan chizig‘i bo‘yicha o‘rtadan boshlab yon kesiklar
tomoniga shunday kesiladiki, ular buzilib ketmasin. Eng qismlari teng
masofalarga suriladi (loyihalanuvchi klyoshga qarab 3-4 sm ga). Keyin eng
pastining yangi chizig‘i belgilanadi. Tayyor eng pasti kengaytirilgan bo‘lib
qolishi yoki manjetga burmalanishi mumkin.
2rasm. Pasaytirilgan kengaytirish chiziqli eng chizmasini tuzish: a – asosga kesik chiziqlarini solish; b – eng tayyor andazasi
Tantanalar va kechalar uchun ko‘ylaklarga eng boshi bo‘yicha fantaziyali
burmalanishli eng taklif etiladi (3-rasm). Andaza tayyorlash uchun kesiklar
gorizontal chiziqlari belgilanadi va har bir taxlamaga 10 sm dan qo‘yib
belgilangan. CHiziqlar bo‘yicha detal uzunasiga suriladi. Eng o‘rta chizig‘i
bo‘yicha kertik bajarib u qo‘shimcha ustki qismda kengaytiriladi.
Engni ulashdan keyin hajmli boshcha taxlamalar chizig‘ini bo‘ylab yumshoq
burmalanish bilan tushadi.
Ulanuvchi eng asosida kalta englarning turli shakllari modellashtiriladi. Engning
kerakli uzunligi aniqlanadi va belgilangan gorizontal chiziq bo‘yicha eng kesiladi.
Hosil qilingan shaklda vertikallar solinadi, ular bo‘yicha englar suriladi. Ustki
qismda surilsa, qiyamasi bo‘ylab burmalangan va pasti tor eng hosil qilamiz (3-
rasm, b). Istalsa pastida uni yon kesiklar bo‘yicha yoki har bir detalning uchini
birini ikkinchisiga qo‘yib (0,5-1 sm ga) qo‘shimcha toraytirish mumkin. Fonarcha
englar – engni detallarga kesib va ularni surib hosil qilinadi (3-rasm, g,d). Past
bo‘yicha qismlarni ajratishda eng - qanotchalar hosil bo‘ladi (3-rasm, v).