MA’RUZA № 13
Mavzu: Maktabgacha va maktab yoshidagi qizlar ko‘ylagini modellashtirish.
Reja:
1. Modelni tanlash va modelning tashqi ko'rinishini tavsiflash.
2. Maktabgacha yoshdagi qizlar uchun liboslarni modellashtirish.
3. Maktab qizlari uchun simulyatsiya libosi.
Tayanch so‘zlar: model, shakl, kiyim, yeng, loyihalashtirish, burmali, uzunlik,
taxlamalar, vitochka.
Murakkab shakldagi (fantaziyali) yenglarni loyihalashtirish xususiyatlari.
Dabdabali ayollar kiyimida yenglar turli-tumanlik bilan farqlanadi. Ular ustki
qismida kattalashtirilgan hajmli va pasti tor, pastga qarab kengaytirilgan va yeng
qiyamasi bo‘yicha salqisiz, yeng qiyamasi bo‘yicha dabdabali va pastida ko‘p
miqdorli burmali va hokazo bo‘lishi mumkin. Bu yenglar tabiiy yeng kengligida
yeng o‘mizida quriladi, shuningdek qisqartirilgan va uzaytirilgan bo‘lishi
mumkin, bunda yeng qiyamasi muvofiq kattalashtiriladi yoki kamaytiriladi. Yeng
uzunligi ham turlicha bo‘lishi mumkin: juda kalta, tirsakkacha, 34 uzunlikda, 78
va uzun.
Murakkab shakldagi yenglar shakli to‘g‘risida real tasavvur hosil qilishga
maketlashtirish yordam berishi mumkin. Yeng ratsional usul tayyor asosda
maketlashtirishdir. Talab etiluvchi qismda shakl o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan
asos bo‘yicha maket gazlamadan kerakli joyda gazlama zahirasini ta’minlab yeng
bichiladi. Tayyorlangan yeng maketi yeng o‘miziga ulanadi yoki to‘g‘ri turishiga
intilib manekenga igna bilan qadaladi va hamma o‘zgarishlar qayd etiladi. Keyin
maket asos chizmasida nusxalanadi. Shunday qilib, yeng asosi hosil qilinadi.
Ustki qismda kattalashtirilgan hajmli yeng. Yeng qiyamasida hajmli va
asta-sekin pastga qarab torayuvchi englar birchokli tor eng chizmasida yasaladi.
Chizmada kesik chiziqlari, miqdori va yeng shakli bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishi
belgilanadi. Kesik uzunligi eng torayishi boshlanishi darajasi bilan aniqlanadi:
eng o‘mizi chuqurligi chizig‘i, tirsak chizig‘i yoki ular orasidan.
Yeng qiyamasi bo‘yicha burmalar hosil qilish uchun o‘rta chiziq bo‘yicha bitta
kesik qilinadi va kerakli kattalikka suriladi (1-rasm, a, b). Eng qiyamasi bo‘yicha
taxlamachalar, vitochkalar yoki mayda taxlamalar hosil qilish uchun asosda bu
elementlar yo‘nalishi bo‘yicha kesiklar qilinadi va muvofiq kattalikka suriladi (1-
rasm, v,g).
Eng qiyamasi bo‘yicha taxlamachalar, vitochkalar yoki mayda taxlamalar toq
miqdori (uch yoki besh) loyihalansa, markaziysi ustki kertma joyida, qolganlari
undan teng masofalarda belgilanadi. Taxlamalar, vitochkalar yoki mayda
taxlamalar juft miqdorida (ikki, to‘rt yoki olti) ular ustki kertikdan ikki tomonga
bir tekis taqsimlanadi.
Maketlashtirish usuli bilan hosil qilingan eng asosi bu eng konstruksiyasi
chizmasini tuzish uchun uchastkalarni hisoblashda foydalanish mumkin. Eng
qiyamasi bo‘yicha uch mayda taxlamali ikkichokli eng chizmasining tuzilishi
misol bo‘la oladi.
Pastga qarab kengaytirilgan, eng qiyamasi bo‘yicha burmasiz englar. Bir chokli
eng asosida quriladi. CHizmada englarni uch chiziq bilan belgilanadi – biri
o‘rtada va ikkitasi old va tirsak o‘tar qismi bo‘yicha. Belgilangan chiziqlar
bo‘yicha chizma kesiladi va kerakli kattalikda ajratiladi (1-rasm, a,v).
|