modelga mos ifodlanadi. Old etak chizig‘idagi 97 – 971 pastki balans 371 nuqtadan
tepa tomonga o‘lchanib 97' nuqta qo‘yiladi. Old tanasining tepa qirqimi 97' nuqtadan
o‘tib 6 – 8 sm yoki modelga mos kengaytiriladi. Orqa tanasi ham 6 – 8 sm ga
kengaytiriladi. YOn chizig‘i 331 – 351 o‘miz chizig‘ining o‘rtasidan boshlanadi.
Koketkali milliy ko‘ylakni modellashga xos xususiyatlarga yana quyidagilar
ham kiradi:
old koketkasining kengligi 0,5 – 0,7 sm ga toraytiriladi, ya’ni koketkaning
o‘rta chizig‘i chap tomonga suriladi;
o‘miz chizig‘idagi ko‘ylak tanasining yuqori nuqtalari orqa bo‘lakda 332
nuqtadan, old bo‘lakda 352 nuqtadan juda pastga tushgan holda ko‘ylakning
ergonomik ko‘rsatkichlari pasayadi.