• MAVZU: 5 – SINF O’QUVCHILARIGA METALLARGA ISHLOV BERISH BO’LIMINI O’QITISH MAZMUNI ILMIY RAHBAR : P.F.N. KATTA O’QITUVCHI SH. H. QULIYEVA
  • II.bob. Asosiy qism.
  • Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi




    Download 1.54 Mb.
    bet1/28
    Sana04.03.2024
    Hajmi1.54 Mb.
    #166469
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnik
    C-94-21 (Suxbat)-Iqtisodiyotda axborot-kommunikasion texnologiyalar va tizimlar, Rus va xorijiy tillar fan oyligi hujjatlari, 1543416861 68410, Geometriya, Enterit (yun. —-WPS Office, braun korpusi, Yalpi talab - yalpi taklif modeli, ДАЛОЛАТНОМА, БАЁННОМА, MS HVS livemigration, Замонавий Web технологиялар CSS, Raw fayl tizimiga diskni qanday tuzatish va ntfs yoki fat32-ni t, bog-cha-yoshidagi-bolalar-aniq-ovqatlanishini-o-rganish-va-uning-ahamiyati, 8- D sinf ochiq dars ishlanmasi Mavzu Odam tanasi muskullarini-fayllar.org, 1-LAB TEX, Raqam analogli va analog raqamli o‘zgartirgichlar (1)






    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
    VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSTETI


    FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
    UMUMTEXNIKA FANLARI KAFEDRASI
    4 K GURUH TALABASI BOBOQULOVA DILOROMNING
    MEHNAT TA’LIMI METODIKASI FANIDAN





    MAVZU: 5 – SINF O’QUVCHILARIGA METALLARGA ISHLOV
    BERISH BO’LIMINI O’QITISH MAZMUNI


    ILMIY RAHBAR : P.F.N. KATTA O’QITUVCHI SH. H. QULIYEVA
    BUXORO - 2013

    mundarija




    I. bob. Kirish.
    5-sinf o`quvchilariga metallarga ishlov berish bo`limini o`qitish mazmuni.

    1. 1. Metallarga ishlov berish o’quv ustaxonasi haqida.

    2. Metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l asboblaridan foydalanish.
    3. Metallga ishlov berish stanoklari.
    II.bob. Asosiy qism.
    1. Mehnat ta’limida rejalashtiruvchi hujjatlar.
    2. Mehnat ta’limida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
    3. 5-sinf o`quvchilariga “Yubqa - tunuka va simdan buyumlar tayyorlash” mavzusini o`qitish metodikasi.
    III. Xulosa.


    IV. Foydalaniladigan adabiyotlar.


    Kirish.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yangi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash dolzarb masalalardan biri bo`lib hisoblanadi. Bunda, fanlarni mukammal o`rganish bilan birga olingan nazariy bilimlarni amalda qo`llay olishni ta`minlash uchun mashg`ulotlar yuqori saviyada tashkil etilishi kerak.
    Mashg`ulotlarni yuqori saviyada tashkil qilish yangi o`quv standartlarini yaratish va o`quv dasturlari ustida ishlashni,zamon talabiga javob beradigan darsliklar, o`quv qo`llanmalar bilan ta`minlashni taqazo etadi.
    O`rta maktab, kasb-hunar kollejlarining o`quvchilari metallarga mexanik ishlov berish kursidan amaliy mashg`ulotlar bajaradilar. Mashg`ulotlarning samarali o`tkazilishi nafaqat o`quv ustaxonasining material-texnik bazasiga, balki buyum yasalish jarayonini tasvirlovchi texnologik xaritalar va ish chizmalariga ham bog`liq. Bu amaliy mashg`ulotlarni bajarish jarayonida alohida o`rin kasb etadi.
    O`quv qo`llanmasida texnologik xaritalar ishchi o`quv dasturiga asosan va detallarni yasalish murakkabligi darajasining oshib borishiga qarab tuzilgan.Ishlab chiqilgan texnologik jarayonlar ham texnik-iqtisodiy, ham o`quv ishlab-chiqarish omillarini nazarga olgan. Bu esa o`quv dasturining asosiy mavzularini maksimal o`zlashtirishda minimal mehnat xarajatlarini va buyumlarning tannarxi nisbatan past chiqishini ta`minlaydi.
    Chizmalari berilgan moslamalar amaliy mashg`ulotlar jarayonida bajarilishi murakkab bo`lgan operatsiyalarni engillashtirish, yordamchi ishlarni kamaytirish evaziga ish samaradorligini oshiradi va mehnat xavfsizligini ta`minlaydi.
    Bu yo’nalish bo’yicha tashkil qilingan ta’lim jarayonida o’quvchilar turli materiallar (yog’och , metal ,qog’oz ,shisha , plastmassa va boshqalar ) ning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’ladilar , ularni rejalash yo’nish arralash , teshish pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi ishlashi ,dastgohlar , elektr va mehanizasiyalashtirilgan jihozlar ,mashinalar elementlari ,yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari ;texnologik xaritalar ularni to’zish va ular bilan ishlash , mehnat qonunchiligi va xavfsizligi, sanitariya gigiyena qoidalari to’g’risida va shu kabi nazariy bilimlarga ega bo’ladilar .
    Texnik mehnatni o’rganish jarayonida o’quvchilar turli kurs asboblari bilan ishlash ,ro’zg’orbop va xaridorgir buyumlarni ishlab chiqarish bo’yicha asosiy tushuncha va amaliy ish malakalarini egallashlari lozim .
    Metallarni kesish haqidagi fan XIX yuzyillikning birinchi yarmida shakllana boshladi. Metallarni kesish jarayonlarini haqiqiy ilmiy tekshirishi 1870 yilda I.A.Timening “Soprotivlenie metallovi dereva rezaniyu” kitobi nashr etilishidan boshlanadi deb xulosa qilish mumkin. Bu kitob fizik asoslarini nazariy o`zgarishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malqshev (1877), P.A. Afanas’ev (1884) , A.V. Gadolin (1888), K.A.Zvorqkin (1893), A.A. Briks (1896) tomonidan to`ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan. K.A. Zvorqkin shu fanni o`rganishda eng ko`p mehnatini sarf qilgan. Uning 1893 yilda “Rabota i usiliya, neobxodimiye dlya otdeleniya metolicheskix strujek” kitobi nashrdan chiqib , yuqori mukofotga sazovor bo`lgan.
    Eng yirik, chet el ishlaridan 1880-1906 yillarda AQSHda o`tkazilgan F. Teylor tadqiqotlari bo`lgan. Teylorning metallarni kesish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha qilgan ishlari natijasida hozirgi paytda ham qo`llanilayotgan, kesish maromlarini va kesish kuchlarini aniqlash uchun eksperimental formulalarni yaratadi.
    XX asrlar boshida kesish kuchini o`rganish bilan bir qatorda kesuvchi asbobning turg`unligini va kesishdagi issiqlik hodisalarini tekshirish ham o`tkazilgan.

    Download 1.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi

    Download 1.54 Mb.