• Satrlarni solishtirish.
  • C# da Satrlar C# tili Unicode




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/9
    Sana10.02.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #154041
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    C# da Satrlar

    Satrlarni birlashtirish. Satrlarni birlashtirish yoki qo‘shish (+) 
    operatsiyasi Concat metodi yordamida ham amalga oshirilishi mumkin: 
    string s1 = "hello"; 
    string s2 = "world"; 
    string s3 = s1+" " + s2; // natija: "hello world"
    string s4 = String.Concat(s3, "!!!"); // natija: "hello world!!!" satri 
    Console.WriteLine(s4); 
    Concat metodi bu ikkita satrni parametr sifatida qabul qiladigan 
    String sinfining statik metodidir. Turli xil parametrlarni qabul qiluvchi
    metodning boshqa versiyalari ham mavjud. 
    Satrlarni birlashtirish uchun Join metodidan ham foydalanish 
    mumkin: 
    string s5 = "Milliy"; 
    string s6 = "gvardiya"; 
    string s7 = "millat"; 
    string s8 = "manfaatlari"; 
    string s9 = "himoyasida"; 
    string[] qiymatlar = new string[] { s5, s6, s7, s8, s9 }; 
    String s10 = String.Join(" ", qiymatlar); 
    // natija: "Milliy gvardiya millat manfaatlari himoyasida" satri 
    Join metodi ham statik hisoblanadi. Yuqorida qo‘llanilgan metodning 
    versiyasi ikkita parametrni oladi: satr - ajratuvchi (bu holda bo‘sh joy 
    (probel)) va ajratuvchi bilan ajraladigan yoki birlashadigan satrlar 
    massivi. 


    Satrlarni solishtirish. Satrlarni solishtirish uchun statik solishtirish 
    metodi qo‘llaniladi: 
    string s1 = "hello"; 
    string s2 = "world"; 
    int result = String.Compare(s1, s2); 
    if (result<0) 

    Console.WriteLine("S2 satridan oldin s1 satr"); 

    else if (result > 0) 

    Console.WriteLine("S1 satr s2 satrdan keyin turadi"); 

    else 

    Console.WriteLine("S1 va s2 satrlari bir xil"); 

    // Natija quyidagicha: " S2 satridan oldin s1 satr" 
    Compare metodining ushbu versiyasi ikkita satrni oladi va sonni 
    qaytaradi. Agar birinchi satr alfavit bo‘yicha ikkinchisidan yuqorida tursa, 
    unda noldan kichik son qaytaradi. Aks holda, noldan katta son qaytaradi. 
    Agar satrlar teng bo‘lsa, unda 0 sonini qaytaradi. 
    Bu holda, h belgisi alfavit bo‘yicha w belgisidan yuqorida bo‘lganligi 
    sababli, birinchi satr ham yuqorida bo‘ladi. 



    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish