|
C++ tilida stekni statik ko‘rinishda, ya’ni bir o‘lchamli massiv ko‘rinishida amalga oshirishga misol
|
bet | 4/18 | Sana | 31.01.2023 | Hajmi | 187.35 Kb. | | #40306 |
Bog'liq C da yarimstatik ma\'lumotlar tuzilmasi ifodalash navbat Klaviatura, Loyiha, Elеktromagnit tizimli asboblar., YOSH XIVALIKLAR, Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash-fayllar.org, BAHOLASH MEZONLARI, 7-mavzu. Parallel ulash (3), 152371477 (1), 152371477 (2), Amaliy matematika va informatika kafedrasi, 1-Amaliy mashg`ulot Matnli hujjatlarni formatlash va, Informatika. 6-sinf (2017, B.Boltayev, M.Mahkamov), Mustaqil ishC++ tilida stekni statik ko‘rinishda, ya’ni bir o‘lchamli massiv ko‘rinishida amalga oshirishga misol:
Masalaning qo‘yilishi: Elementlari butun sonlardan iborat stekning juft qiymatli elementlari o‘chirilsin. Aytaylik, stek uchun 10 ta joy ajratilgan bo‘lsin, bunda dastlab stek bo‘shligi sababli R=0 bo‘ladi. Stekga yangi element qo‘shish va chiqarish, stek bo‘shligini va to‘laligini tekshirish funksiyalaridan foydalanib shu masalani yechamiz.
Algoritm
Agar stek to‘lmagan bo‘lsa elementlarni kiritamiz. Stekning toq elementlarini saqlab turish uchun yangi b[] massiv e’lon qilamiz.
Agar stek bo‘sh bo‘lmasa, 3-qadamga o‘tish, aks holda 4-qadamga o‘tish.
Stek uchidagi elementni olamiz va juftlikka tekshiramiz. Agar element toq bo‘lsa b massivga joylaymiz. 2-qadamga o‘tish.
b massiv elementlarini teskari tartibda stekka joylash.
Stek tarkibini ekranga chiqarish.
Dastur kodi
#include
using namespace std;
int a[10],R=0,n;//bu yerda n stekka kiritilishi kerak bo'lgan elementlar soni.
int kiritish(int s){
a[R]=s; R++;
}
int chiqarish(){
R--;
return a[R];
}
bool isEmpty(){
if(R==0) return true;
else return false;
}
bool isFull(){
if(R>=10) return true;else return false;
}
int print(){
int i=0,c[n];
while(!isEmpty()){
c[i]=chiqarish();
cout<for(int j=i-1;j>=0;j--) kiritish(c[j]);
}
int main(){
int n,s;
cout<<"n=";cin>>n;
for(int i=0;iif(!isFull()){
cin>>s;
kiritish(s);}
else{cout<<"stek to'ldi"; n=i;break;}
}
cout<<"\nstek elementlari: ";
print();
int b[n],k=0;
for(int i=0;is=chiqarish();
if(s%2!=0) b[k++]=s;
}
for(int i=k-1;i>=0;i--) kiritish(b[i]);
cout<<"\nnatijaviy stek elementlari: ";
print();
system("PAUSE");
}
Dasturning bajarilishi natijasi:
n =5
6
7
9
8
11
stek elementlari: 11 8 9 7 6
natijaviy stek elementlari: 11 9 7
2.4. Deklar
Dek so‘zi (DEQ - Double Ended Queue) ingliz tilidan olingan bo‘lib 2 ta chetga ega navbat degan ma’noni bildiradi. Dekning o‘ziga xos xususiyati shuki, unga elementlar har ikkala tomondan – chapdan va o‘ng tomondan kiritilishi va chiqarilishi mumkin (2.3-rasm).
2.3-rasm. Dek tuzilmasi
|
| |