|
Case-технологиялар case-texnologiyalar (kompyuterli avtomatlashtirilgan loyihalash dasturiy ta’minoti) ўзига xos «texnologik osnastka»
|
bet | 1/3 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 32,49 Kb. | | #108414 |
Bog'liq CASE технологиялар
CASE-технологиялар
CASE-texnologiyalar
CASE-texnologiyalar (kompyuterli avtomatlashtirilgan loyihalash dasturiy ta’minoti) ўзига xos «texnologik osnastka» hisoblanadi va axborot texnologiyalarini avtomatik loyihalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda dasturiy ta‟minotni ishlab chiqish texnologiyasida ikkita asosiy yondashuv mavjud: funksional-modulli (tarkibiy) va obyektga yo„naltirilgan.
Funksional-modulli yondashuv bajarilayotgan amallarning qat‟iy tartibini o„rnatish va funksional elementlarni ajratish bilan algoritmik dekompozitsiyalashga asoslangan.
Obyektga yo„naltirilgan yondashuv obyektlar o„zaro aloqasi terminida tizimning holatini bayon etish bilan obyektli dekompozitsiyalashga asoslangan.
CASE-texnologiya deyilganda, dasturiy ta‟minotni yaratish va boshqarish jarayonlarini ta‟minlovchi dasturiy vositalar kompleksi tushuniladi. U o„z ichiga talablarni shakllantirish va tahlil qilish, loyihalash, hujjatlashtirish, sifatini ta‟minlash, sinovdan o„tkazish, kodni generatsiyalash, tuzilmaviy boshqaruv va loyihani boshqarishni oladi.
CASE-texnologiyalar axborot tizimlarini loyihalash uslubiyatini, hamda predmet sohasini ko„rgazmali shaklda modellashtirish imkoniyatini beruvchi anjomiy vositalar to„plamini ifodalaydi. Shu bilan birga bu modelni butun loyihalash bosqichlarida tahlil qiladi, axborot tizimini boshqaradi va foydalanuvchi talablariga mos ravishda ilovalarini ishlab chiqadi. CASE-vositalarning ko„pgina qismi tizim va dasturiy vositalarning dinamik holatini, tizimning modellari o„rtasidagi bog„lanishlarni, diagramma yoki matn ko„rinishida tashqi talablarni bayon etish uchun tarkibiy (asosan) yoki tahlil va yo„naltirilgan loyihalash uslublarini qo„llaydi. Tahlillar natijalariga ko„ra, CASEtexnologiya axborot texnlogiyalarining izchil turiga kiradi. CASEvositalarni har qanday vosita kabi, qo„llay olish zarur. Noto„g„ri tadbiq qilish ko„plab noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, quyidagilarni ko„rsatib o„tish mumkin:
1. CASE-vositalar tezda samara bermasligi, bir oz vaqt o„tgandan so„ng natija olinishi mumkin;
2. CASE-vositalarni tadbiq qilishga sarflangan real harajatlar odatda ularni sotib olish harajatlaridan ancha ortiq bo„ladi;
3. CASE-vositalar tadbiq qilish jarayoni samarali amalga oshirilgandan so„ng sezilarli darajadagi natijalarni olish imkoniyatini ta‟minlaydi.
CASE-vositalarni tanlash va baholashning asosiy cheklanishlari quyidagilardan iborat:
1) funksional tavsiflari:
a. bajarilish muhiti: loyihaviy muhiti, dasturiy ta‟minot, texnik vositalar, texnologik muhit;
b. hayot sikli fazasiga yo„naltirilgan funksiyalari: modellashtirish, amalga oshirish, sinovdan o„tkazish;
c. umumiy funksiyalari: hujjatlashtirilganlik, konfiguratsiyani boshqarish, loyihani boshqarish.
2) ishonchlilik;
3) foydalanishning soddaligi;
4) samaradorlik;
5) kuzatuvchanlik;
6) ko„chiruvchanlik;
7) umumiy cheklanishlar (narxi, sarf-harajat, tadbiq etish samarasi, ta‟minotchi tavsiflari).
Zamonaviy CASE-vositalar axborot tizimlarini loyihalashning ko„plab texnologiyalarini qamrab olgan: sodda tahlil va hujjatlashtirish vositalaridan dasturiy ta‟minotning butun hayot siklini qamrab olgan avtomatlashtirish vositalarigacha.
Axborot tizimlarini ishlab chiqishda eng ko„p mehnat talab qiluvchi bosqichi loyihalash va tahlil qilish hisoblanadi. CASE-vositalar texnik qarorlarni qabul qilish va loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonda sifatni ta‟minlaydi. Bunda axborotlarni vizual taqdim etish usullari katta ahamiyatga ega. Modellashtirishning grafik vositalari ishlab chiquvchilarga mavjud axborot tizimini ko„rgazmali shaklda o„rganish, qo„yilgan maqsad va mavjud chegaralanishlarga mos ravishda ularni qayta qurish imkonini beradi. Zamonaviy CASE-vositalar injinering (dasturiy tizimni ishlab chiqish) va avtomatlashtirilgan reinjinering (dasturiy tizim boshlang„ich modelini tiklash) jarayonlarini ta‟minlaydi.
CASE-vositalar toifasiga chegaralangan imkoniyatlarga ega shaxsiy kompyuterlar uchun nisbatan arzon tizimlar bilan bir qatorda hisoblash platformalari va operatsion muhitlar uchun qimmat bo„lgan tizimlar ham kiradi. Zamonaviy dasturiy vositalar bozorida 300 ga yaqin turli CASEvositalar mavjud bo„lib, ularning eng kuchlilari g„arbning yetakchi kompaniya va tashkilotlari tomonidan qo„llanilmoqda. Odatda CASE vositalarga dasturiy ta‟minot hayot siklining u yoki bu mosligi jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va quyidagi xususiyatlarga ega bo„lgan har qanday dasturiy vosita kiradi:
ishlab chiquvchi bilan qulay interfeysni ta‟minlovchi va uning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantiruvchi, axborot tizimini hujjatlashtirish va bayon etish uchun kuchli grafik vositalar;
axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarining boshqaruvchanligini ta‟minlovchi CASE-vositalar alohida komponentlarining integratsiyasi;
maxsus yo„l bilan loyihalash metama‟lumotlarining (repozitoriylar) tashkillashtirilgan saqlashini qo„llash. Integrallashgan CASE-vosita (yoki dasturiy ta‟minotning hayot siklini to„liq ta‟minlovchi vositalar to„plami) quyidagi komponentlarni o„z ichiga oladi:
CASE-vositaning asosi hisoblangan repozitoriy. U loyiha talqinlari va uning alohida komponentlarini saqlashni ta‟minlashi, guruhli ishlab chiqishda turli ishlab chiquvchilar axborotlarini sinxronlashtirishi, metama‟lumotlarning to„laligini va to„g„riligini nazorat qilishi lozim;
axborot tizimi modelini tashkil qiluvchi, iyerarxik bog„langan diagrammalarni (DFD, ERD va boshqalar) yaratish va tahrirlashni ta‟minlovchi tahlil qilish va loyihalashning grafik vositalari;
4GL tili va kod generatorlarini o„z ichiga olgan holda ilovalarni ishlab chiqish vositalari;
konfiguratsion boshqarish vositalari; hujjatlashtirish vositalari;
testlash vositalari;
loyihani boshqarish vositalari; reinjiniring vositalari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Case-технологиялар case-texnologiyalar (kompyuterli avtomatlashtirilgan loyihalash dasturiy ta’minoti) ўзига xos «texnologik osnastka»
|