C/C++ tilida dasturlash




Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana13.06.2024
Hajmi1,39 Mb.
#263316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
switch STRUKTURASI 
 
if-else-if yordami bilan bir necha shartni test qilishimiz mumkin. Lekin 
bunday yozuv nisbatan o'qishga qiyin va ko'rinishi qo'pol bo'ladi. Agar shart ifoda 
butun son tipida bo'lsa yoki bu tipga keltirilishi mumkin bo'lsa, biz switch (tanlash) 


24 
ifodalarini ishlata olamiz. switch strukturasi bir necha case etiketlaridan (label) va 
majburiy bo'lmagan default etiketidan iboratdir. Etiket bu bir nomdir. U dasturnig 
bir nuqtasidaga qo'yiladi. Programmaning boshqa yeridan ushbu etiketga o'tishni 
bajarish mumkin. O'tish yoki sakrash goto bilan amalga oshiriladi, switch blokida 
ham qo'llaniladi. 5 lik sistemadagi bahoni so'zlik bahoga o'tqizadigan blokni 
yozaylik. 
int baho; 
baho = 4; 
switch (baho) { 
case 5: console.writeline ("A'lo"); 
break; 
case 4: console.writeline( "Yahshi"); 
break; 
case 3: console.writeline( "Qoniqarli"); 
break; 
case 2: 
case 1: console.writeline( "A'lo"); 
break; 
default: console.writeline( "Baho hato kiritildi!"; 
break; 

switch ga kirgan o'zgaruvchi (yuqorigi misolda baho) har bir case 
etiketlarining qiymatlari bilan solishtirilib chiqiladi. Solishtirish yuqoridan pastga 
bajariladi. Shartdagi qiymat etiketdagi qiymat bilan teng bo'lib chiqqanda ushbu case 
ga tegishli ifoda yoki ifodalar bloki bajariladi. So'ng break (buzmoq, tugatmoq) 
sakrash buyrug'i bilan switch ning tanasidan chiqiladi. Agar break qo'yilmasa, 
keyingi etiketlar qiymatlari bilan solishtirish bajarilmasdan ularga tegishli ifodalar 
ijro ko'raveradi. Bu albatta biz istamaydigan narsa. default etiketi majburiy emas. 
Lekin shart chegaradan tashqarida bo'lgan qiymatda ega bo'lgan hollarni diagnostika 
qilish uchun kerak bo'ladi. case va etiket orasida bo'sh joy qoldirish shartdir. Chunki, 


25 
masalan, case 4: ni case4: deb yozish oddiy etiketni vujudga keltiradi, bunda sharti 
test qilinayotgan ifoda 4 bilan solishtirilmay o'tiladi. 

Download 1,39 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish