- pirometallurgik usulda olingan xomaki metallarni (mis, nikel, titan)
aralashmalardan tozalashda;
- erigan ftorid yoki xlorid oksidlaridan
kimyoviy mustaxkam metall
oksidlarini (alyuminiy, magniy, berilliy, titan va boshqalar) tiklashda;
- metall buyumlarni yuzasida mustaxkam, korroziyaga bardoshliligi yuqori,
manzarali (dekorativ) qatlam (xromlash, nikellash,
oltin bilan qoplash va
boshqalar) hosil qilishda.
Elektroliz jarayonida ionlar elektr toki ta’sirida ma’lum yo’nalishda harakat
qiladi: musbat zaryadlanganlar katodga, manfiy zaryadlanganlar anodga yo’naladi.
Yuqorida keltirilgan jarayonlardan tashqari, metallurgik zavodlarda yana bir
qancha jarayonlar mavjud. Bu jarayonlarda kimyoviy reaksiyalar yuz bermaydi,
lekin metallurgik ishlab chiqarishda ahamiyati beqiyosdir.
Bunday jarayonlarga
quyidagilar kiradi:
1) suyuq, qattiq, gazsimon mahsulotlarni tashish;
2) qattiq mahsulotlarni suyuq yoki ikki qattiq mahsulotni aralashtirish;
3) materiallarni quritish;
4) briketlash;
5) eritmalarni bug’latish;
6)
changlarni ushlash;
7) zaharli va kerakli gazlarni ushlash va boshqalar.
Nazorat savollari
1.
Pirometallurgik jarayonga izoh bering va unda kechadigan oksidlanish-
qaytarilish jarayonlariga misollar keltiring.