• Rafinirlangan metallar – istemolchilarga foydlanish uchun beriladigan tayyor mahsulot hisoblanadi. Homaki metallar
  • Chapter · November 022 citations reads 8,959 author




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/16
    Sana14.09.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #271124
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    IIBOB

     
    2.
     
    Gidrometallurgik jarayonga ta’rif keltiring va misollar yordamida jarayonni 
    tushuntiring.
     
    3.
     
    Elektrometallurgik jarayon - bu qanday jarayon?
     
     
     
     


    § 13. Metallurgik ishlab chiqarishning mahsulotlari va
    yarim mahsulotlari 
    Metallurgik 
    ishlab 
    chiqarishning 
    asosiy 
    mahsuloti 
    metallardir. 
    Metallurgiyada, xususan rangli metallurgiyada, qo‘llaniladigan texnologiyalar va 
    olinadigan metallarning tarkibiga ko‘ra, metallar homaki va rafinirlangan 
    metallarga bo‘linadi. 
    Rafinirlangan metallar – 
    istemolchilarga foydlanish uchun beriladigan 
    tayyor mahsulot hisoblanadi. 
    Homaki metallar 
    deganda qo‘shimchalar bilan ifloslangan metallar 
    tushuniladi. Homaki metallar tarkibidagi qo‘shimchalarga zararli qo‘shimchalar va 
    asosiy metallga yo‘ldosh element sifatidagi bo‘lgan, qimmatbaho qo‘shimchalar 
    kiradi. Zararli qo‘shimchalar ma’lum metallga tegishli xossalarni (elektr 
    o‘tqazuvchanlik, toblanuvchalik, korroziyaga bardosh berish va h.) 
    yomonlashtiradi va metallni qo‘llashga yaroqsiz holatga olib keladi. Aksincha, 
    homaki metallar tarkibidagi qimmatbaho qo‘shimchalar, masalan, nodir metallar, 
    selen, tellur, germaniy, indiy, vismut va boshqalar, alohida qimmatlikka ega 
    bo‘lganligi uchun, ularni alohida ajratib olinishi, katta iqtisodiy va xalq xo‘jalik 
    ahamiyatga ega. Homaki metallar shartli ravishda ko‘shimchalarda tozalanadi – 
    rafinirlanadi.

    Shteyn – 
    bu tarkibida ma’lum miqdorda erigan oksidlarni (asosan temir 
    oksidlarini) saqlovchi og‘ir rangli metallar sulfidlarining temir sulfidi bilan 
    qotishmasidir. Shteynlar oraliq metall saqlovchi mahsulotlar hisoblanadi. Shteynlar 
    hosil bo‘lishi bilan mis, nikel qisman qo‘rg‘oshin pirometallurgiyasi tavsiflanadi.
    Ko‘p hollarda shteynning tarkibida nodir metallar to‘planadi. Eritish jarayonini 
    tiklovchi sharoitda olib borganda tarkibida sulfidlardan tashqari ularda erigan 
    metallarni saqlovchi metallshgan shteynlar hosil bo‘ladi. 
    Amaliyotda hosil bo‘ladigan shteynlar, masalan mis shteynlari suyuq holatda 
    hosil bo‘ladi va deyarli suyuq shlaklar bilan aralashmaydi, buning natijasida shteyn 
    va shlaklarni bir-biridan tindirish yo‘li orqali ajratib olish mumkin. Shteyn va 


    shlaklarni bir – biridan muvofpqiyatli ajratish uchun shteyn va shlak 
    zichliklarining farqi 1 g/sm
    3
    kam bo‘lmasligi kerak. 
    Shlak 
    ko‘pgina metallurgik 
    eritish 
    jarayonlarining 
    ikkinchi 
    mahsuloti hisoblanadi (9.1-rasm). 
    Shlaklar 
    oksid 
    birikmalarning 
    murakkab birikmalaridir. Shlaklar, 
    dastlabki 
    homashyodagi 
    bo‘sh 
    porodaning oksidlaridan va mahsus 
    qo‘shiladigan flyuslardan tashkil 
    topgan. Shlaklar bo‘sh poroda 
    komponetalarini konsentralash va 
    ularni qimmatbaho moddalardan 
    ajratib olish vazifasini bajaradi. 
    Shlaklarning o‘rni pirometallurgik 
    jaryonlarda juda katta. Shlak
    3.3-Shlaklarni hosil bo’lishi 
    eritmalarida asosiy fizika-kimyoviy o‘zgarishlar yuz beradi. 
    Dastlabki xomashyoda qimmatbaho moddaning miqdori kam va bo‘sh 
    porodaning miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun, pirometallurgik jarayonlar shlakning 
    ko‘p chiqishi bilan tavsiflanadi. Masalan, rangli metallar ruda yoki boyitmalarini 
    eritishda shlak chiqishi dastlabki xomashyoning miqdoridan 60-120% tashkil etadi. 
    Shu sababdan shlaklarning xossalari metallurgik ishlab chiqarishning deyarli 
    barcha ko‘rsatgichlarini belgilab beradi - metallurgik dastgohlarning solishtirma 
    ishlab chiqarish unumdorligi, yoqilg‘i yoki elektrenergiyaning sarfi va h. 
    Pirometallurgik jarayonlarning tavsifiga ko‘ra shlaklar nafaqat bo‘sh poroda 
    toplash uchun, balki erigan metallni oksidlanishda himoyalash vazifasini bajaradi. 
    Eritish mahsulotlari orasida moddlarni taqsimlanish qonuninga binoan, 
    jarayon paytida shteyn yoki homaki metall bilan kontaktda bo‘lgan shlaklarning 
    tarkibida doimo ma’lum miqdorda ajratib olinadigan metall mavjuddir. Masalan, 
    mis eritish shlaklarida misning konsentratsiyasi kam bo‘lsa ham 0,1 -1,5%, 


    shlaklarning miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun, misni shlaklar bilan yo‘qolishi katta 
    sonlarga ega. Rangli metallurgiya shlalarini tashkil etuvchi asosiy oksidlarga SiO
    2

    FeO va CaO kiradi. Bu birikmalarning yig‘indi miqdori shlaklarda 70 - 95% 
    tashkil etishi mumkin. CaO ning shlaklardagi konsentratsiyasi 6-8% dan oshmaydi. 
    Qayta ishlanadigan xomashyoning tarkibi va qo‘llaniladigan texnologiyaga ko‘ra 
    metallurgik shlaklarda MgO, Al
    2
    O

    Fe
    3
    O
    4
    . ZnO, Cr
    2
    O
    3
    , MnO va b. okisd 
    birikmalar uchrashishi mumkin. Suyuq shlaklarda ma’lum miqdorda sulfidlar 
    eriydi, asosan FeS, shu sababdan ko‘p hollarda, shlalarda ikki va undan yuqori foiz 
    oltingugurt mavjud bo‘ladi.
    Eritish jarayonida hosil bo‘ladigan shlaklar texnologiyaning talablariga javob 
    berishi kerak, ya’ni aniq erish harorati, elektro‘tqazuvchanligi, sirt tarangligi, 
    suyuqligiga va h. ega bo‘lishi lozim. 
    Shlak eritmalarining fizika-kimyoviy xossalari, pirometallurgik jarayonlarda 
    eritish mahsulotlarini hosil bo‘lishi va bir-birida ajralishiga ta’sir etadi. O‘z 
    navbatida shlaklarning fizika-kimyoviy xossalari shlaklarning kimyoviy tarkibi va 
    haroratning funksiyasidir. Shlaklarning amaliyotda katta ahamiyatga ega bo‘lgan 
    fizika-kimyoviy xossalariga quyidagilar kiradi: erish harorati, sirt tarangligi;
    zichligi qo‘vushqoqligi. 

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chapter · November 022 citations reads 8,959 author

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish