|
Chegara xavfsizligining daxlsizligi va uning milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida muhimligiBog'liq chegara-xavfsizligining-daxlsizligi-va-uning-milliy-xavfsizlikning-tarkibiy-qismi-sifatida-muhimligiSCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1000
Xususan, zamonaviy avtomatlashtirilgan chegara nazorati tizimlari va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, chegara qo'shinlari
bo'linmalarining ichki ishlar idoralari va mahalliy hokimiyat organlari bilan uyg'un
hamkorligini o'rnatish. Chegarachilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish, ularni
harbiy vatanparvarlik va ijtimoiy himoya ruhida tarbiyalash masalalari atroflicha
muhokama qilindi. Chegaralar xavfsizligi va daxlsizligini ta'minlash xalq tinchligi va
osoyishtaligi, mamlakat taraqqiyotining garovi ekanligi ta'kidlandi. Markaziy Osiyoning
chegara idoralari bilan aloqalarni izchil rivojlantirish, turli xalqaro tashkilotlar bilan
birgalikdagi faoliyatni oshirish va chet ellik sheriklar bilan transchegaraviy hamkorlikni
o'z vaqtida va sifatli faollashtirish bo'yicha ko'rsatma berildi. Prezident Shavkat
Mirziyoyev mintaqada savdo, sayyohlik va madaniy almashinuvni kuchaytirish,
odamlar oqimini ko'paytirish uchun fuqarolar va chet ellik mehmonlarning davlat
chegarasini kesib o'tishlari uchun qulay sharoit yaratish muhimligini ta'kidladi. Ish
tanqidiy tahlil qilinmoqda va tegishli tuzilmalar rahbarlariga O'zbekiston Davlat
chegarasini himoya qilish va himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo'yicha
aniq ko'rsatmalar berildi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, chegaralar xavfsizligi va daxlsizligi, hududiy yaxlitligini
saqlash, tashqi tahdidlarga javob berishga tayyorlik Davlat xavfsizlik xizmati chegara
qo'shinlarining asosiy vazifalaridan biridir. Agar chegaralarimiz xavfsiz bo’lsa, yurtimiz
rivoji yuksak darajada bo’lib, xalqimiz tinch, farovon hayot kechiradi. Chegaralarimiz
daxlsizligi bu asosan harbiy tizimda, auniqsa chegaralarda xizmat qilib, faoliyat yuritib
kelayotgan mard, jonkuyar va fidoiy o’g’lonlarimizning xizmatlari va mehnatlari
evaziga qurilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati tarkibida ko’pgina harbiy qismlar mavjud bo’lib,
ulardan eng yuksak qadr qimmatga va ma’sulyatga ega bo’lgan tarkibiy qismi bu
chegara xavfsizligi hisoblanadi.
Fuqarolarning ko’maklashuvchi otryaddagi ishtiroki ularni o’z faoliyatini
bajarishdan va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida umumiy harbiy
majburiyatni o’tashdan ozod qilmaydi. Davlat chegarasini qo’riqlash va himoya qilishda
faol ishtirok etib, o’zini ijobiy tomondan ko’rsatgan ko’maklashuvchi otryad a’zolari
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida umumiy harbiy majburiyatni o’tashi
uchun chaqirtirilganida, chegara qo’shinlari harbiy qism komandirlari tomonidan
ko‘maklashuvchi otryad a’zosiga chegara qo’shinlarida harbiy xizmatni o’tashga
qobiliyatliligi haqida tavsiyanoma berilishi mumkin.Ko’maklashuvchi otryad a’zolariga
chegara qo’shinlarida harbiy xizmatni o’tashga qobiliyatliligi haqida tavsiyanoma berish
tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
|
| |