Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi




Download 34,48 Kb.
bet9/16
Sana19.06.2021
Hajmi34,48 Kb.
#15139
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi didaktikadagi rivojlantiruvchi ta’lim ma’nosi bilan hamohang bo‘lib, o‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivastion jihatlarini rivojlantirishni ifodalaydi. O‘quvchi intellektual va ma’naviy ozuqa oladi, nutqiy muloqotda o‘z hissiyotini sinab ko‘radi, muloqotdosh (o‘quvchi, muallim, diktor va b.) lar fikrini bilish va o‘z fikrini bayon etish orqali uning shaxsi kamol topib boradi. Ta’lim jarayonida, jumladan, chet til o‘rganishda me’yordagi lisoniy va nutqiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish o‘quvchi tafakkuri va his-tuyg‘ularining rivojlanishini ta’minlaydi.

Rivojlantiruvchi maqsadga nutqiy amallar tufayligina erishiladi. Uning umumta’limiy maqsaddan jiddiy farqi shundaki, o‘quv ma’lumotlari olish bilan ta’lim fikran bog‘lanadi, ma’lumotning mazmuni turli kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta’lim, jumladan, chet til o‘rganish shaxs rivojlanishida alohida o‘rin egallaydi. Til psixologik, kommunikativ, funksional va madaniy hodisa bo‘lganligi sababli bilish jarayoni uchun o‘ta ahamiyatli, chunki u bilmaslikdan bilishga eltuvchi omildir.

Chet tilda o‘quvchi ikki turdagi bilim oladi, birinchisi va asosiysi, nutqiy jarayonda ishtirok etish uchun kerakli algoritmik qoidalar va ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan o‘quvchi hayoti davomidagi foydali ma’lumotlar.

Madaniyatlararo muloqot o‘zga xalq mentalitetiga xos belgilar va odatlarni singdirishga xizmat qiladi. Bunda boshqalarning turmush tarzini reklama qilish emas, balki chet til sohibining nazari bilan dunyo manzarasiga yangicha qarash va oqibatda, o‘z madaniyatini chuqur his qilishga o‘rganadi. Umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi.

Chet tilda muloqot qilish to‘rt asosiy nutq faoliyati turlari bo‘yicha malakalarni shakllantirish demakdir. Nutq faoliyatining to‘rt turi: tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv malakalari o‘zaro bog‘langan holda rivojlantirib boriladi. Bu o‘qish va yozish, o‘qish va tinglash, o‘qish va gapirish, tinglash va o‘qish, tinglash va yozish, tinglash va gapirish kabi mashqlar orqali amalga oshiriladi.


Download 34,48 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 34,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi

Download 34,48 Kb.